Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
Auditni o’tkazish tamoyillari. Standartlarga amal qilishdan tashqari,
auditorlik faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga bo’ysunadi. 1. Xatti-harakat etikasi. Insoniy etika talablari bilan bir qatorda auditorlar professional etika talablariga ham amal qilishlari lozim, unga quyidagi qoidalar misol bo’ladi: majburiyatlar (o’z majburiyatlarini bajarishda yuksak professional va ahloq tamoyillarini namoyon etish darkor); jamiyatning manfaatlari (jamiyatning ishonchini oqlagan holda uning manfaatlari yo’lida harakat qilish majburiyatini o’z zimmasiga olish va yuksak professionalizmni namoyish etish lozim); halollik (o’zining professional majburiyatlarini halol bajarish); holislik va mustaqillik (professional majburiyatlarni bajarishda holislikni saqlab qolish va manfaatlar to’qnashuvidan holi bo’lish, ham rasmiy jihatdan, ham amalda mustaqil bo’lish zarur); kerakli e’tibor (professional majburiyatlarni bajarishda texnik va etik (odob-ahloq) professional standartlarga amal qilish, xizmatlar sifatini doimiy ravishda yaxshilashga intilish, o’zining barcha professional qobiliyatlaridan foydalanish darkor); xizmatlar hajmi va turlari (ularni belgilashda standartlar talablariga amal qilish lozim). 2. Mustaqillik. Audit nazariyasi va amaliyotida mustaqillik – bu fikr- mulohazalarning obyektivligi va insofliligi. Auditorlar professional maqomining jamiyat tomonidan tan olinishi ularning mustaqilligiga asoslangan. Mustaqillik auditning samaradorligini ta’minlash uchun zarur. Auditor har qanday vaziyatni baholash imkoniyatiga ega bo’lishi, haqiqatni aytishi, mijozining manfaatlariga 21 qanday ta’sir etishi mumkinligi to’g’risida o’ylab o’tirmagan holda u nima qilishi kerakligi borasida halol va obyektiv tavsiyalarni taklif qilishi shart. Auditning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi: moliyaviy mustaqillik – auditor o’z ishini oldindan kelishilgan munosib haq evaziga professional tarzda bajaradi. Samarali auditorlik faoliyatining tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki: mijozdan moliyaviy qaramlikka tushib qolmaslik kerak, chunki bu ko’rsatiladigan xizmatlarning sifatini, ularning obyektivligini va professionalizmni pasaytiradi hamda auditorning bozor pozistiyalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi; ma’muriy mustaqillik – auditorning mijozning ma’muriy qarorlaridan mustaqilligi va unga bo’ysunmasligi; siyosiy mustaqillik – siyosiy hokimiyat, aloqalar va ta’sir etishning shunga o’xshash usullaridan foydalangan holda auditorning qarorlariga ta’sir etib bo’lmaslik; emostional mustaqillik – auditorning tashkilot vakillariga – mijozga bo’lgan hissiyotidan qat’i nazar uning uzoqlikni saqlab qolish. 3. Professionalizm – bu auditorga professional xizmatlarni malakali tarzda va sifatli ko’rsatish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishning majburiyligi. Auditor insonlar bilan muloqotda bo’lish va tajriba almashish, baholanayotgan faoliyat bilan bog’liq muammolarni aniqlash va hal etish, zarur axborotni topish, tahlil va sintezni amalga oshirish, o’zgarishlarni rejalashtirish, ishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, o’zgarishlarga ko’rsatiladigan qarshilikni engish, yanada takomillashgan usullarni yoyishda yordam berish kabi ishlar uchun ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim. Auditorlik tashkiloti tayyorlangan, professional bilimlarni egallagan mutaxassislarni jalb etishi va auditning malakali o’tkazilishini ta’minlash uchun ular ishining sifatini nazorat qilishi zarur. Auditorlik tashkiloti o’zining professional vakolatlari doirasidan va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan listenziyalarga muvofiq vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan xizmatlarni ko’rsatmasligi darkor. 22 Tekshirish rejasini tuzish chog’ida auditor vazifalarning muayyan guruhlarini hal etishni nazarda tutgan holda huquqiy hujjatlarga amal qilishi lozim. 1. Auditor boshdanoq auditning ijobiy natijasini nazarda tutishi kerak. Har safar ishga kirishayotganda auditor tekshirish obyekti unga nisbatan qo’yiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan va ishlab turibdi degan taxmindan kelib chiqishi kerak. 2. Auditor o’zining butun xatti-harakati bilan audit qilinayotgan bo’linma xodimlariga u o’zining asosiy vazifasini nomuvofiqliklarni aniqlashda emas, balki ishonchli dalillarni to’plab, audit qilinayotgan obyektning holati haqida obyektiv xulosa berishda ko’rishini namoyon etishi darkor. Bunday yondashuv auditorning ishiga audit qilinayotgan bo’linma xodimlari tomonidan bildiriladigan ishonchning ortishiga xizmat qiladi va unga audit qilinayotgan obyektning holati haqidagi axborotning taqdim etilishidagi katta ochiqlikni ta’minlaydi. 3. Auditor audit qilinayotgan bo’linmaning xodimlarini auditni o’tkazish bo’linma uchun foydali ekanligiga ishontira olishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda, auditor shuni isbotlab berishi kerakki, audit jarayonida aniqlangan har bir nomuvofiqlik sabablarining bartaraf etilishi audit qilinayotgan bo’linmaning faoliyati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Auditorning ushbu vazifasi qanchalik muvaffaqiyatli hal etilsa, uning audit qilinayotgan bo’linma xodimlari bilan o’zaro hamkorligi shunchalik samarali bo’ladi. 4. Audit predmeti – uni amalga oshiruvchi xodimlar emas, balki faoliyatning o’zi. Auditor nomuvofiqlik va ularning aybdorlarini emas, balki faktlarni qidiradi. U xodimlarning shaxsiy fazilatlari va kamchiliklarini emas, balki o’sha faktlarni tahlil qiladi va baholaydi. Shunga ko’ra auditor u yoki bu shaxslarning xatti-harakatini muhokama qilishga va aniqlangan nomuvofiqliklarda ularning aybdorligi darajasini aniqlashga kirishmasligi kerak. 5. Auditor tinglay olishi kerak. Aslida, bu uning eng muhim qobiliyatlaridan biri. Sharqning donishmandligi shunday deydi: «Haqiqat so’zlovchining og’zida emas, balki tinglovchining qulohida». Hamsuhbatni diqqat bilan tinglagan holda, auditor nafaqat undan o’ziga zarur ma’lumotni oladi, balki suhbatdoshni o’ziga moyil qilgan holda unda ishonch hissini uyg’otadi. Mazkur holatda auditor suhbatdoshni 23 guyoki «ochadi» va undan eng muhim ma’lumotlarni oladi. Tinglay olish olingan ma’lumotni tahlil qilish, o’z miyasini ortiqcha ma’lumotlar bilan yuklanishdan saqlash qobiliyatini ham o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, audit qilinayotgan xodimlarga ma’lumot berishda auditor ular ichida tinglay olmaydigan insonlar ham bo’lishi mumkinligini nazarda tutishi lozim. 6. Muloqot chog’ida auditor e’tiborini suhbatdoshining so’zlariga to’liq qaratishi kerak. Suhbatdoshning uzoq cho’ziladigan yoki o’ta muhim ma’lumotlarini to’g’ri tushunayotganligiga ishonch hosil qilish uchun oxirigacha tinglash va xulosa yasash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu suhbatdoshni noto’g’ri tushunish bilan bog’liq anglashilmovchiliklarning oldini olish va unga u so’zlayotgan narsalar auditorda qiziqish uyg’otayotganligini ko’rsatish imkonini beradi. Auditor suhbatdoshni so’zlar bilan ham, imo-ishoralar bilan ham qo’llab-quvvatlab turishi kerak. Auditor suhbatdoshining sukut saqlashidan qo’rqmasligi kerak. Suhbatdoshga o’ylab olishga vaqt berish va yuzaga kelgan pauzadan suhbatdoshga uning ma’lumotlari qiziqish uyg’otayotganligini va ko’proq narsa bilish ehtiyoji mavjudligini bildirish uchun foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 7. Auditor suhbatni (so’rovni) oldindan o’ylab qo’yilgan reja asosida kerakli izga yo’naltirishi lozim. U suhbatdoshning fikrlarini chalg’itadigan vaziyatga yuzaga kelishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Buning uchun suhbatni boshqa mavzularga chalg’imagan holda aniq yuritish, umumiy iboralarga yo’l qo’ymaslik darkor. Vaqti vaqti bilan qisqacha tanaffuslar qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi, bunda bo’shishib olish, ishga taalluqli bo’lmagan narsalar haqida so’zlashish mumkin. 8. Audit qilinayotgan bo’linmaning xodimlari bilan muloqot qilish chog’ida auditor hech qanday emotsional “to’lg’onishlarga” yo’l qo’ymasligi lozim. Har qanday vaziyatlarda hissiyotlarga berilmagan holda xotirjamlikni va ishga taalluqli suhbat yo’sinini saqlash zarur. Suhbatdoshning bahonalari yoki tajangligiga chidash kerak, hamda o’zi tomonidan tajavuzkorlikning ham oldini olish lozim. Hatto o’ta g’azablanish onlarida ham o’zi tomonidan iltifotsiz imo-ishoralar qilinishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Hatto suhbatdosh yaqqol nohaq bo’lib, o’z nuqtai nazarida qat’iy turishda davom etgan taqdirda ham u bilan ochiqcha va qupol 24 bahslashishga kirishish mumkin emas: psihologlarning ta’kidlashlaricha, emotsional tortishuv hech kimni ishontirmaydi, balki faqatgina bahslashuvchilarning g’azablanishiga olib keladi va muloqotni boshi berk ko’chaga yo’naltiradi. 9. Auditor audit qilinayotgan bo’linma xodimlarining e’tiborini faqat audit jarayonida aniqlangan salbiy holatlarga qaratmasligi darkor. Tekshirilayotganlarni ishlarni yaxshilashga undovchi motivlardan bebahra qoldirmaslik uchun ijobiy jihatlarni ham ta’kidlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 10. Aniqlangan nomuvofiqliklarning ahamiyatini baholashda auditor professionallar fikriga quloq tutishi lozim. Eng asosiysi – nomuvofiqlikning ahamiyatini baholash emas, balki uning o’zini aniqlashdir. Shubhali holatlarda esa aniqlangan nomuvofiqlikni uning ahamiyatini baholamagan holda qayd etish lozim. 11. Audit qilinayotgan xodimlar bilan muloqot qilayotganda auditor xayrixohlik va hamkorlik muhitini yaratishi zarur. Hech qachon xodimlarga nisbatan o’zining mustaqilligini namoyon etmaslik darkor, bu uzoqlashish va beparvolik sababi bo’lishi mumkin. Aksincha, o’zi bilan xodimlar o’rtasidagi umumiy kasbiy manfaatlarning paydo bo’lishiga va chuqurlashuviga har tomonlama ko’maklashish lozim. Fikran o’zini audit qilinayotgan shaxsning o’rniga qo’yish va hamisha hech kim bu rolda bo’lishni istamasligini yodda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 12. Auditor o’zining bilimdonligini atayin namoyon etmasligi yoki suhbatdoshni imtihondan o’tkazmasligi kerak. 13. Auditor o’z suhbatdoshlarini to’g’ri yechimlarni topishga undashi lozim. Bunga yo’l qo’yilgan hatolarni tushuntirish orqali erishiladi. Suhbatdoshlarni to’g’ri yechimlarni topishga undagan holda auditor nafaqat ularning ko’zi o’ngida o’z obro’sini oshiradi, balki audit audit qilinayotgan bo’linma uchun foydali degan g’oyani tasdiqlaydi. Agar auditor tortishuvning oldini ololmasa, u vazminlikni saqlab qolishi, kasbiy bilimlar va qat’iy ishonchni namoyon etishi darkor. 14. Auditor barcha ishonarli narsalarni tan olishi va ma’qullashi lozim. Gumondorlik, shubhalar auditor baholarining obyektivligidan ustun turmasligi kerak. Auditor tomonidan norasmiy tartib-taomillarning samaradorligi aniqlangan barcha 25 holatlarda ushbu taomillar ma’qullanishi va kerakli tarzda hujjatlartirish uchun tavsiya qilinishi lozim. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling