Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

1.3-jadval
 
Tashqi va ichki auditning farqli tomonlari
 
Element 
Ichki audit  
Tashqi audit 
Obyekt  
Rahbariyat 
tomonidan 
belgilanadi 
Shartnoma 
asosida 
belgilanadi 
Personal malakasi 
 
Ma’muriyat 
tomonidan 
belgilanadi. 
Mustaqillik 
chegaralangan 
Tashkilotlar 
tomonidan 
qat’iy  talablar  qo’yiladi. 
Keng mustaqillik  
Usullari  
Qo’llaniladigan  usullarda  katta  o’hshashlik  mavjud. 
Tekshiruvlarni detallashtirish va olinishi zarur bo’lgan 
ma’lumotlarning  aniqlik    darajasida  farqlar  bo’lishi 
mumkin. 
Maqsadlar 
Rahbariyat 
tomonidan 
belgilanadi yoki dasturdan 
kelib chiqadi 
Sud 
instanstiyalaring 
qonun 
hujjatlaridan, 
hamda 
tashqi 
ehtiyojlardan 
kelib 
chiqadi 
Hisobot 
Rahbariyat oldida 
Uchinchi shaxslar oldida 


 
26 
 
Auditlar  dasturi  audit  qilinishi  lozim  bo’lgan  jarayonlar  va  uchastkalarning 
maqomi  va  muhimligini  hamda  avvalgi  auditlar  natijalarini  hisobga  olgan  holda 
rejalashtirilishi  kerak.  Auditlar  mezonlari,  o’tkazish  vaqti  va  usullari,  ularni  qo’llash 
sohalari  belgilab  olinishi  zarur.  Auditotlarning  tanlanishi  va  auditlarning  o’tkazilishi 
audit jarayonining obyektivligini va holisligini ta’minlashi lozim. Auditorlar o’zining 
shaxsiy ishini tekshirmasligi kerak. 
Tekshirilayotgan 
faoliyat 
sohasi 
uchun 
mas’ul  bo’lgan  rahbariyat 
harakatlarning  aniqlangan  nomuvofiqliklar  va  ularni  keltirib  chiqaruvchi  sabablarni 
bartaraf  etish  muddatlarini  ortiqcha  cho’zmagan  holda  qo’llanilishini  ta’minlashi 
lozim.  
Ichki  auditning  asosiy  obyektlari  –  boshqaruvning  alohida    funkstional 
vazifalarini hal etish, korxonaning axborot tizimlarini ishlab chiqish va tekshirishdan 
iborat. Ichki audit obyektlari iqtisodiy subyektning o’ziga xos xususiyatlari va uning 
rahbariyati  va  (yoki)  mulkdorlarning  talablariga  qarab  farq  qiladi.  Iqtisodiy  subyekt 
tuzilmasi  bo’g’inlari  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  nazorat  qilish  usullaridan 
biri  hisoblangan  ichki  audit  mustaqil  ham  bo’lishi,  ya’ni  korxonaning  ijro  etuvchi 
organiga emas, balki tashqi muassislarga bo’ysunishi mojet. 
Korxonada  turli  ixtisosliklar  bo’yicha  yuqori  malakali  mutaxassislar  bilan 
ta’minlangan maxsus ichki audit boshqarmasi tashkil etililishi mumkin. Bunda ichki 
audit  boshqaruvning  murakkab  tarkiblangan  muammoli  masalalarini  hal  etadi 
(vazifalarning  standart  ro’yxatidan  tashqari).  Jahon  boshqaruv  amaliyotida  so’nggi 
yillarda  ichki  auditning  hajmi  sezilarli  darajada  oshdi.  Ichki  mutaxassislar 
tashkilotdagi  ichki  o’zaro  munosabatlar  va  aloqalarning  murakkab  tizimini  chuqur 
bilishni  talab  qiluvchi  muammolarni  hal  etish  uchun  afzalroq  hisoblanishadi.  Yirik 
tashkilotlarda  ichki  audit  xizmatini  shakllantirish  keng  tarqalgan.  Ichki  auditni 
rivojlantirish sabablari: 

  faoliyatning  bajarilishini  takomillashtirish,  uning    samaradorligini  oshirish 
sa’y-harakatlarini  amalga  oshirishda  auditorlik  yondashuvi  samaradorligi,  uning 
texnik va metodologik ustunliklarining tan olinishi; 


 
27 

  xizmatlar  ko’rsatish  professionalizmi  va  obyektivlik  darajasini  boshqarish 
imkoniyati; 

  ichki  auditning  qulayligi  –  u  tashqi  audit  kabi  qimmat  emas. 
Mutaxassislarni  tashkilotda  to’liq  ish  bilan  ta’minlash  imkoniyati  mavjud  bo’lgan 
hollarda,  ularning  xizmatlari  30-50  foizga  arzon.  Ichki  mutaxassislar  xizmatlari 
hamma vaqt talab etilishi mumkin; 

  ichki  auditorlarning  tashkilotdagi  vaziyat,  boshqaruv  va  ish  uslubi, 
madaniyat va siyosatning chuqur bilishi: 

  tashkilotga  ichki  audit  bo’yicha  bo’linmalar  personali  orqali  o’ziga 
nisbatan  alohida  boshqaruv  yondashuvini  talab  qiluvchi  yuqori  malakali 
mutaxassislarning jalb qilinishi. 
Mavjud  farqlarga  qaramasdan  ichki  va  tashqi  audit  bir-birini  to’ldiradi,  ular 
o’rtasida  qisman  mos  kelish  sohalari  mavjud.  Ichki  auditorlarning  ko’plab 
funkstiyalari taklif etilgan mustaqil auditorlar tomonidan bajarilishi mumkin; ko’plab 
vazifalarni  hal  etishda  ichki  va  tashqi  auditorlar  bir  xil  usullardan  foydalanishlari 
mumkin. Farq faqat ushbu usullarni qo’llashning aniqlik darajasida. 
Ichki  mutaxassislar  xizmatlari  tashqi  auditning  o’rnini  bosa  olmaydi.  Turli 
boshqaruv  vaziyatlarining  juda  boy  tajribasi  bilan  ta’minlanib,  professional  sifatida 
maslahatchi  ishining  maxfiyligi  bilan  tavsiflanuvchi  professionalizm  va  holislik 
(mustaqillik) tufayli tashqi audit hamma vaqt afzal ko’riladi. 
Tashqi  audit  korxonaga  nisbatan  tashqi  bo’lgan  tashkilotlar  –  mahsulot 
buyurtmachilari,  yoki,  masalan,  sertifikastiyalovchi  organlar  tomonidan  amalga 
oshiriladi. 
Tajribada auditning quyidagi shakllari qo’llaniladi: 
• belgilangan standartga mos kelish bo’yicha to’liq audit; 
• korxonaning qaysidir bir faoliyatiga tegishli bo’lgan qisman audit;; 
• shartnomani imzolashga bir nechta talabgorlar mavjud bo’lganda buyurtmachi 
tomonidan o’tqaziladigan yordamchi audit;  
•  shartnoma  talablarini  bajarilishiga  rioya  qilinayotganligini  tekshirishga  oid 
audit. 


 
28 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling