1.3. Auditorlik faoliyatining tavsifi
Auditorlar tashkilotga rasmiy auditorlik xulosasini tuzish bilan bog’liq bo’lishi
shart bo’lmagan turli xildagi xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Nazariyada ular
ko’pincha mijoz oldiga qo’yilgan maqsadga qarab tizimlarga birlashtiriladi va audit
turlari deb nomlanadi. Axborotdan foydalanuvchilarga nisbatan tashqi va ichki audit
ajratiladi. Tashqi va ichki auditning farqli tomonlari jadvalda keltirilgan.
Tashqi auditning maqsadi – buxgalteriya va boshqa hisobotlar to’g’riligining
kafolatini berishdan iborat.
Ichki audit (birinchi tomondan audit) tashkilotdagi mavjud menejment
tizimining samaradorligini baholashning muhim vositasi hisoblanib, tizim faoliyat
ko’rsatishining uning hujjatlardagi ta’rifiga mos kelishini tekshirishni o’zida
namoyon etadi. U korxona xodimlari tomonidan yoki uning nomidan o’tkaziladi.
Bunda auditni tekshirilayotgan bo’linmaning ishi uchun to’g’ridan-to’g’ri yoki
bilvosita javobgar bo’lmagan xodimlar amalga oshirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |