Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
57 
 
 
3-BOB. PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMIDA  
BOSHQARUV AUDITI 
 
3.1. Boshqaruv auditining maqsadi va vazifalari 
 
Boshqaruv  auditi  –  bu  auditorlik  faoliyatining  metodologiyasi  va  ishlab 
chiqilgan  ish  topshiriqlari  asosida  boshqaruv  jarayoniga  zarur  tuzatishlarni  kiritish 
hamda  boshqaruv  texnologiyalarining  haqiqiy  samaradorligini  aniqlash  maqsadida 
ularni tadqiq etishdir. 
Boshqaruv  auditi  –  bu  tashkilotni  boshqarishni  takomillashtirish  jarayonining 
axborotga  bo’lgan  ehtiyojlariga  xizmat  ko’rsatuvchi  diagnostik  vosita  hisoblanadi. 
Ushbu jarayonning quyidagi bosqichlari ajratiladi: 

  boshqaruv samaradorligining hozirgi holatini baholash; 

  qisqa  muddatli,  o’rta  muddatli  va  uzoq  muddatli  istiqboldagi  (statika)  va 
boshqaruv  bo’yicha  muayyan  faoliyat  samaradorligi  shaklidagi  (dinamika) 
samaradorlikni baholash; 

  tadqiq  etilayotgan  funkstiyaning  haqiqiy  holatini  normativ,  standart, 
tasdiqlangan  holat  bilan  taqqoslash  orqali  samaradorlikning  hozirgi  holatidan 
normativ  holatiga  tomon  harakatlanish  uchun  zarur  bo’lgan  harakatlar  rejasini 
shakllantirish.  Rejani  shakllantirish  tashkilotni  boshqarish  amaliyotini  kuchaytirish 
imkonini  beruvchi  tadbirlar  tarkibini  aniqlashni  nazarda  tutadi.  So’ngra 
optimallashtirishning  turli  yo’nalishlarini  o’zida  birlashtirgan,  tashkilotning  uzoq 
muddatli  eng  yuqori  samaradorligini  ta’minlashga  yo’naltirilgan  boshqaruvni 
takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi; 

  tashkilotni  boshqarishni  takomillashtirish  rejasini  amalga  oshirish.  Audit 
natijalari  yuzasidan  berilgan  tavsiyalarni  amalga  oshirish  faoliyatni  faqat  shartli 
ravishda auditorlik faoliyati deb atash mumkin, chunki aksariyat holatlarda u auditor 


 
58 
mustaqilligining  va  diagnostik  tadqiqot  sohasiga  ixtisoslashuvining  yo’qotilishini 
nazarda tutadi, demak, auditorlik standartlari talablariga javob bermaydi. 
Boshqaruv tizimini baholash jarayonida quyidagilar tekshiriladi: 

  bozordagi  vaziyatni  nazorat  qilish,  strategik  maqsadni  qo’yish  va  taktik 
rejalashtirish tartib-taomillarining kompleksligi; 

  javobgarlik  sohalarining  yuqori  rahbariyat  o’rtasida  va  funkstional 
majburiyatlarning bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishi; 

  xodimlar  o’rtasida  asosiy  biznes-jarayonlarning  bajarilishi  doirasida 
axborot almashuvi; 

  mahsulot  ishlab  chiqarish,  yetkazib  berish  va  sotish  ishlarini  bajarish 
standartlarining mavjudligi va sifati. 
Boshqaruv  auditi  inson  resurslarini  boshqarish  samaradorligining  tahlili  bilan 
to’ldirilishi kerak. Ushbu tahlil jarayonida personalni boshqarish tizimi, ya’ni kadrlar 
siyosatining  boshqaruv  tizimiga  mosligi  darajasi,  shu  jumladan  personalni 
rag’batlantirish,  korporativ  madaniyatni  rivojlantirish  mexanizmlari  va  hokazolar 
baholanadi.  Shu  tariqa  personal  auditi  (kadrlar  auditi)  yuzaga  keldi  va  dastlab 
boshqaruv auditi doirasida, tez orada esa mustaqil ravishda rivojlana boshladi. 
Boshqaruv auditining asosiy  maqsadi – korxona va uning xodimlarining bozor 
sharoitida samarali ishlashga tayyorligi darajasini baholashdan iborat. Ushbu baholash 
asosida  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  dasturi  ishlab  chiqilib,  korxonani  boshqarish 
tizimini  qayta  tashkil  etish,  yangi  qadrlarni  jalb  qilish  yoki  mavjudlarini  qayta 
o’qitish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi. 
Boshqaruv auditini o’tkazishda quyidagilar baholanadi: 

  korxonaning  joriy  strategiyasi,  shu  jumladan  bozordagi  mavqei, 
oldinga  qo’yilgan  strategik  maqsadlarning  yaxlitligi  va  tizimliligi,  ushbu 
maqsadlarning rahbarlar va xodimlar tomonidan tushunilishi, strategik maqsadlarning 
amalga oshirilishi; 

  biznes-jarayon,  ya’ni  korxonaning  har  bir  mahsulotini  (tovari  yoki 
xizmatini)  ishlab  chiqarish  va  sotish  jarayoni  texnologiyasi.  Texnologiyani  baholash 
biznes-jarayon 
asosiy 
qismlarining 
bajarilishini: 
mahsulotning 
iste’mol 


 
59 
xususiyatlarini  tahlil  qilish,  uni  loyihalashtirish,  butlovchi  qismlarni  xarid  qilish, 
ishlab  chiqarish,  sifatni  nazorat  qilish,  sotish  va  sotuvdan  keyin  xizmat  ko’rrsatish, 
mahsulot  tannarxini,  uning  sifatini  va  narxni  shakllantirish  metodikalarini  tahlil 
qilishni o’z ichiga oladi; 

  korxonani  boshqarishning  asosiy  funkstiyalarini,  shu  jumladan  bozorni 
tahlil qilish, strategik va tezkor rejalashtirish, rejalarning amalga oshirilishini nazorat 
qilish  va  hisobga  olish,  moliyani  taqsimlash  va  pul  mablag’larining  harakatini 
hisobga  olish,  kadrlar  siyosatini  amalga  oshirish  funkstiyalarini  bajarish 
texnologiyasi; 

  kompaniyani boshqarish tuzilmasi, ya’ni biznes-jarayonlarni tashkil etuvchi 
tartib-taomillar bilan boshqaruvning asosiy funkstiyalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. 
Baholash  jarayonida  boshqaruv  modeli,  funkstional  va  sohaviy  bo’linmalarga 
bo’linishning  aniqligi,  ma’muriy  bo’ysunish  va  funkstional  o’zaro  hamkorlik 
tuzilmasi,  axborot  oqimlari  sxemasi  hamda  ularning  boshqaruv  strategiyasi  va 
modeliga mos kelishi tahlil qilinadi; 

  biznes-jarayonlar  va  asosiy  funkstiyalar  tartib-taomillari,  boshqaruv 
tuzilmalari  hamda  ularning  boshqaruv  strategiyasi  va  modeliga  mos  kelishi  asosida 
tashkilot menejmentining samaradorligini oshirish tartib-taomillari va tuzilmalaridagi 
o’zgarishlar bo’yicha tavsiyalar tuziladi. 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling