Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Personal auditini o‘tkazish izchilligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
2.7. Personal auditini o‘tkazish izchilligi
Personal auditi doirasidagi tadqiqotlar yo’nalishlariga aniqlik kiritish maqsadida personalni boshqarish tizimini optimallashtirish uchun birinchi galda e’tibor qaratishni talab qiladigan zonalarni aniqlab beruvchi dastlabki tashxis amalga oshirilishi mumkin. To’liq ko’lamli personal auditi diagnostik operastiyalarning yuqorida keltirilgan izchilligi shaklida eng uzoq muddatli samaradorlikka ega bo’ladi. Personal auditi boshqaruvning strategik bosqichida boshlanadi. personalni boshqarish tizimini baholash samaradorlik mezonlarini qo’llagan holda amalga oshiriladi. Personal auditi personalni boshqarish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Personalni boshqarish faoliyatining samaradorlik mezonlariga mos kelishini baholash uchun qo’llaniladigan uning muayyan tavsiflari asosida mezonga 54 “muvofiqlashtirish”, “muvofiqlik” darajasini oshirish yoki qoniqarli “muvofiqlik” to’g’risida qarorlar qabul qilinadi. Personalni boshqarish tizimining qoniqarli holatiga ishonch hosil qilingach, personalni boshqarishning quyi darajasi – funkstional darajaga o’tiladi. Personal auditining natijalari asosida strategik va funkstional darajalarda muayyan liniya rahbarlari ishi samarasizligining ochib berilgan alomatlari bo’yicha personalni liniyali boshqarish samarasizligining sabablari aniqlanadi. Personal auditi ularni hal etmasdan turib keyingi tashxis ishini amalga oshirish hech qanday ma’no kasb etmaydigan muammolar yig’indisi aniqlaganidan keyin vaqtinchalik to’xtatib qo’yiladi. Bu barcha sa’y-harakatlarni birinchi galda e’tibor qaratishni talab qiladigan muammolarni o’rganishga qaratish hisobidan auditorlarning qimmatli vaqtini bo’shatgan holda auditorlik tadqiqotining vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Muayyan korxonada personal auditi nihoyasiga yetgach boshqaruvni yanada takomillashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan auditorlik xulosasi tayyorlanadi. Personalni boshqarishni taqdim etilgan mezonlarga muvofiqlashtirishni anglatuvchi tavsiyalardan foydalanish boshqaruvni takomillashtirish jarayonini davom ettirish va, o’z navbatida, personal auditini davom ettirish imkonini beradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling