Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
3.6. Auditorlik xulosasi Auditorlik xulosasi – bu boshqaruv sohasidagi faoliyatni yanada samarali yuritishga doir tavsiyalarni o’z ichiga oluvchi ushbu faoliyatni keng yoritish. Xulosada kamchiliklarga taalluqli axborot va tashkilotning samarali ishlashiga misollar muvazanatining mavjudligi mijoz tomonidan auditor fikrlarining qabul qilinishini soddalashtiradi. Auditorlik xulosasi bir necha qismdan iborat: tashkilotni boshqarish strategik darajasi rahbarlari (ushbu axborotni olish vakolatiga ega bo’lgan va bundan manfaatdor bo’lgan) hamda funkstional bo’linmalar rahbarlari (mutaxassislar) va 66 o’ziga xos (spestifik) funkstiyalar uchun. O’tmishda ustuvorligi tavakkaliga belgilangan muammolarni hal etish o’rniga boshqaruv texnologiyalari masalalari bilan shug’ullanuvchi xodimlar, auditorlik hisobotidan foydalangan holda, e’tiborini tashkilotning samaradorligini oshirish salohiyatiga ega bo’lgan muammolarga qaratishlari mumkin. Ko’rsatkichlar holati o’zgarishining dinamikasi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan murakkabliklarni aks ettirishi mumkin. Auditorlarning xulosada ifodalanadigan fikri o’zgartirishga undovchi tashqi nufuzli fikr rolini bajarishi mumkin. Haqiqiy holat haqida bilish kelgusida standartlar sifatida foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlarni rejalashtirish, belgilash imkonini beradi. Agar mijoz tekshiruv jarayonida axborotni yashirishga, uning doiralarini toraytirishga, ish beruvchi uchun qulay bo’lgan fikrni qidirib topishga urinsa, u holda auditor o’z fikrini bildirishdan voz kechgani ma’qul. Bunday holatda xulosada muayyan voqealarga muvofiq auditorlik tekshiruvi hajmining yoritilishiga taalluqli qism o’zgaradi, alohida izohlovchi xatboshida ehtimoliy hisob-kitob dalillari ilova qilingan holda voz kechishga olib kelgan barcha sabablar isbotlanadi. Agar kelishmovchilik professional nuqtai nazardan muhim xususiyatga ega bo’lib, ko’rib chiqilayotgan masalalarning mohiyati bo’yicha ma’muriyatga bo’lgan ishonchning darajasi past bo’lsa, auditor salbiy fikr bildirishi mumkin. Barcha mavjud sabablar alohida izohlovchi xatboshida ko’rib chiqilishi kerak. Auditor (auditorlik tashkiloti) auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin yuzaga kelgan voqealar uchun javobgar bo’lmaydi. Auditorning bunday voqealar uchun javobgarligi mijoz zimmasiga yuklatiladi (iqtisodiy subyekt qo’llanmasi). Agar mijoz xulosada ko’rsatilgan kamchiliklarni tuzatmasa va muhim xususiyatga ega bo’lgan va auditor auditorlik kelishuvi yozilgan sanadan keyin talab qilgan tuzatishlarni kiritmasa auditor mijozga uning auditorning talablarini bajarmaganlik oqibatlari uchun javobgarligini yozma shaklda ko’rsatishi kerak. Auditorlik tartib-taomillar natijalarini shakllantirish va ularni mijozga auditorlik xulosasi shaklida taqdim etish: 67 boshqaruv amaliyotini kuchaytirish orqali tashkilotning samaradorligini oshirish mumkin bo’lgan joylarni aniqlash; tashkilotni boshqarish tizimining samaradorligini tahlil qilish va baholash sxemasiga rahbarlikning yuqori darajasini ta’minlash; funkstional bo’linmalarning tegishli xizmat ishining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilish uchun tahliliy asosga, uning yo’nalishlari bo’yicha boshqaruvni maqbullashtirish uchun zarur bo’lgan axborotga rahbarlikni ta’minlash; funkstional rahbarlikni tashkilotni boshqarish samaradorligi muammolarini hal etishga kiritish; bo’linmalarning tashkilotning boshqa qismlariga samarali boshqaruv tartib- taomillarining foydasini namoyon etuvchi axborotga rahbarlikni ta’minlash; boshqaruv sohalarini turli uydirmalar va hujumlardan himoyalash imkonini beradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling