Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

Qisqacha xulosalar 
Boshqaruv  auditi  –  bu  auditorlik  faoliyatining  metodologiyasi  va  ishlab 
chiqilgan  ish  topshiriqlari  asosida  boshqaruv  jarayoniga  zarur  tuzatishlarni  kiritish 
hamda  boshqaruv  texnologiyalarining  haqiqiy  samaradorligini  aniqlash  maqsadida 
ularni  tadqiq  etishdir.  Boshqaruv  auditining  asosiy  maqsadi  –  korxona  va  uning 
xodimlarining  bozor  sharoitida  samarali  ishlashga  tayyorligi  darajasini  baholashdan 
iborat. Ushbu baholash asosida o’zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilib, 
korxonani  boshqarish  tizimini  qayta  tashkil  etish,  yangi  qadrlarni  jalb  qilish  yoki 
mavjudlarini qayta o’qitish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi. 
Iqtisodiy    subyektga  auditorni  tanlash  huquqi  berilgan.  Odatda,  u  auditorlik 
firmasiga  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazish  uchun  uni  jalb  etish  to’g’risida  rasmiy 
taklif  bilan  chiqadi.  Rozilik  bildirilgan  taqdirda  auditor  mijozga  majburiyat  xatini 
yuboradi, unda u o’zining audit oldiga qo’yilgan vazifaga, mijoz oldidagi javobgarlik 
darajasiga va xulosani taqdim etish shakliga roziligini hujjat bilan tasdiqlaydi. 
Auditorlik  xulosasi  –  bu  boshqaruv  sohasidagi  faoliyatni  yanada  samarali 
yuritishga  doir  tavsiyalarni  o’z  ichiga  oluvchi  ushbu  faoliyatni  keng  yoritish. 


 
68 
Xulosada  kamchiliklarga  taalluqli  axborot  va  tashkilotning  samarali  ishlashiga 
misollar  muvazanatining  mavjudligi  mijoz  tomonidan  auditor  fikrlarining  qabul 
qilinishini soddalashtiradi. 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling