Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
 
3.3 Boshqaruv auditi jarayoni 
 
Boshqaruv  auditi  jarayonini  operastiyalarning  yopiq  izchilligi  ko’rinishida 
namoyon  etish  mumkin.  Boshqaruv  auditi  to’rtta  bosqichda  o’tkaziladi. 
Muammo(lar)ni  qo’yish  bosqichi:  kompaniya  to’g’risidagi  axborot  –  moliyaviy 
ma’lumotlar,  nazoratning  samaradorligi  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  o’rganish. 
Dastlabki diagnostikani o’tkazish mumkin. Korxona rahbarlari bilan intervyu asosida 
biznes (mahsulotlar) chegaralariga;  biznes-jarayonlar va asosiy funkstiyalar, joriy  va 
strategik  maqsadlar  uchun  mas’ul  shaxslar  va  bo’linmalarga  aniqlik  kiritiladi; 
auditorlik  tekshiruvining  yo’nalishlari  (tashkilot  strategiyasi,  boshqaruvning  texnik 
jihatlari, liniyali boshqarish), muammolar va oldinda turgan vazifalar doirasi, muhim 
tekshirish nuqtalari aniqlanadi. Boshqaruv auditi tartib-taomillarining umumiy dasturi 
tayyorlanadi:  tadbirlarni  o’tkazish  reja-grafigi  tuzilib,  unga  auditning  keyingi 
bosqichlarida aniqliklar kiritiladi.  
Ma’lumotlarni  yig’ish  bosqichi:  ma’lumotlarni  yig’ish  tartib-taomillarini 
rejalashtirish  va  amalga  oshirish.  Bu  «texnik»  bosqich  bo’lib,  unda  hujjatlar  tahlil 
qilinadi, bo’linmalar rahbarlari va mutaxassislar bilan ekspert intervyular o’tkaziladi. 
Axborot  to’plash  jarayonida  auditorlar  qarorlar  qabul  qilish  (baholash)  uchun  asosni 
shakllantiradi.  Tartib-taomillar  mazmuni,  ularni  amalga  oshirish  izchilligi,  nazorat 
qilish  nuqtalari  (tartib-taomillarning  oraliq  va  yakuniy  natijalari),  bajarish 
standartlari, sifatni baholash mezonlari, funkstional va axborot hamkorligi aniqlanadi. 
Natija  –  biznes-jarayonlar  va  asosiy  funkstiyalar  modellari,  shuningdek 
kompaniyaning  1DEF-0  yoki  IDEF-IX  standartida  bajarilgan  axborot  modelidan 
iborat bo’ladi. 
Axborotni  baholash  va  tahlil  qilish  bosqichi:  ko’rib  chiqilayotgan 
muammo(lar)ga  taalluqli  asosli  qaror  qabul  qilish  uchun  ma’lumotlar  qanchalik 


 
62 
yetarli  ekanligini  aniqlaydi.  Modellarning  umumiy  qabul  qilingan  boshqaruv 
standartlariga mos kelishi tahlil qilinadi. Natijada boshqaruvning asosiy funkstiyalari 
tartib-taomillaridagi kamchiliklar aniqlanadi. Kamchiliklar ikkita darajada aniqlanadi: 

  samarali  boshqarish  uchun  zarur  bo’lgan  barcha  tartib-taomillarning 
mavjudligi tekshiriladi (masalan, boshqaruv funkstiyalarida bozor tahlili yoki biznes-
jarayonda mahsulotning tovar xususiyatlarini tahlil qilish); 

  har bir tartib-taomilning vazifalarga mosligini aniqlash uchun uning tarkibi 
tahlil qilinadi. 
Xulosalar va tavsiyalarni shakllantirish bosqichi. Auditorlik xulosasi boshqaruv 
tizimi  samaradorligining  holatini,  tashkilotda  boshqaruv  faoliyatining  yo’nalishlarini 
ta’riflashni;  boshqaruvni  takomillashtirish  ehtimolimy  yo’llarini  o’z  ichiga  oladi. 
Tashkilot  rahbariyati  audit  natijalarini  baholaydi.  Shu  asosda  keyingi  auditning 
yo’nalishlari shakllanadi. 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling