95
5-BOB. ISH VAQTI AUDITI
5.1. Ish vaqti auditining mohiyati
Ish vaqti bu – ishchining ma’lum majburiyatlarini bajarishi uchun korxonada
bo’lishi kerak bo’lgan va qonun tomonidan belgilangan vaqt davomiyligidir. Undan
to’liq va oqilona foydalanish – korxona daromadini oshirishning muhim sharti bo’lib,
qo’shimcha xarajatlar talab qilmaydi.
Ma’lum davr (yil, kvartal, oy) uchun ish vaqti ko’rsatkichi bo’lib ish vaqti
jamg’armasi xizmat qiladi va u kishi-kunlar, kishi-soatlarda o’lchanadi. Uning
o’lchami ishchilar soni, kunlardagi ish vaqti davomiyligi va ish kuni davomiyligiga
bog’liq. Tahlilning axborot bazasi bo’lib bitta ishchining ish vaqti balansi, kadrlar
bo’limining personal haqidagi ma’lumotlari, ish kuni fotografiyasi, xronometraj
kuzatuvlar va statistik ma’lumotlar xizmat qiladi. Haqiqatda ishlangan kishi-kunlar
va kishi soatlarni reja yoki bazis ma’lumotlari bilan qiyoslash ish soatlari
yo’qotilishini mutlaq o’lchov birliklarida va foizlarda o’lchash imkonini beradi.
Jamoaning ish vaqti jamg’armasi (IVJ) quyidagi formula orqali hisoblanadi:
IVJ= S · K · D (5.1.)
Bu yerda:
S – sanoat ishlab chiqarish personalining umumiy po’yxatdagi soni;
K – rejalashtirilayotgan davrdagi kalendar kunlar soni;
D – qonunan belgilangan ish kuni davomiyligi.
So’ngra vaqt jamg’armasining faol qismi o’lchami topiladi. Kalendar jamg’arma
faqatgina ishlangan emas, balki ishlanmagan vaqtlardan ham tashkil topadi. Ayrim
ishlanmagan vaqt o’lchamlari o’sish tendenstiyasiga ega va ular rezerv tashkil
qilmaydiganlar guruhiga kiradi. Bu reglamentlangan o’lchamlar bo’lib, o’zining
huquqiy va iqtisodiy mohiyatiga ko’ra zarurdir. Ishlanmagan vaqtlarning ikkinchi
qismi mos holdagi tashkiliy-iqtisodiy sharoitlarda qisqartirilishi yoki butunlay
bartaraf etilishi mumkin. Bular rezerv tashkil qiluvchi elementlarga kiradi.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |