Qisqacha xulosalar
Ishchi kuchidan to’liq foydalanish tahlil qilinayotgan davrda bitta xodim
tomonidan ishlangan kunlar va soatlar soniga asoslanish mumkin. Bunday tahlil
xodimlarning har bir toifasi bo’yicha, har bir ishlab chiqarish bo’linmasi va umuman
korxona bo’yicha o’tkaziladi. Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni o’zgarishi
omilining ta’sirini aniqlash uchun ishchilar sonida bo’lgan farq o’tgan yilda bir ishchi
tomonidan bir yilda o’rtacha ishlangan kishi kunlari va ish kunining o’rtacha
uzunligiga ko’paytiriladi.
Bir ishchi tomonidan bir yilda o’rtacha ishlangan kishi kunlarining o’zgarish
omili ta’sirini hisoblash uchun bir ishchi tomonidan ishlangan kishi kunlarida bo’lgan
farq joriy yildagi ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soniga va o’rtacha yildagi ish
kunining o’rtacha uzunligiga ko’paytiriladi. Ish vaqti jamg’armasi xodimlar soniga,
bir xodim bir yilda o’rta hisobda ishlab bergan kunlar soniga va ish vaqtining
o’rtacha muddatiga bog’liq. Ish kuni uzunligining o’zgarishini aniqlash uchun ushbu
ko’rsatkichda bo’lgan farq joriy yildagi hamma ishchilar tomonidan ishlangan kishi
kunlariga ko’paytiriladi. Kun bo’yi va smena ichidagi ish vaqtining bekor sarf
bo’lishi sabablarini aniqlash uchun ish vaqtining haqiqiy va rejadagi balansi
ma’lumotlari taqqoslanadi. Ishchi kuchidan to’liq foydalanishni tahlil qilayotgan
davrda bitta xodim tomonidan ishlangan kun va soatlar soniga baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |