Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
112 
6-bob. PERSONAL BILAN TA’MINLANGANLIKNING AUDITI  
 
6.1. Personal bilan ta’minlanganlik auditining ahamiyati va vazifalari 
 
Ishchi  kuchiga    aholining  zarur  jismoniy  kuchga,  bilimga,  tegishli  tarmoqdagi 
mehnat ko’nikmalariga ega bo’lgan qismi kiradi. Korxonalarning kerakli ishchi kuchi 
bilan  yetarli  darajada  ta’minlanishi,  ulardan  oqilona  foydalanish,  mehnat 
unumdorligining  yuqori  darajada  bo’lishi,  mahsulot  hajmini  ko’paytirish  va  ishlab 
chiqarish  samaradorligini  oshirish  uchun  katta  ahamiyatga  ega.  Xususan,  barcha 
ishlarning  hajmi  va  o’z  vaqtida  bajarilishi,  asbob-uskunalar,  mashinalar, 
mexanizmlardan  foydalanish  samaradorligi  va  buning  natijasi  sifatida  mahsulot 
ishlab  chiqarish  hajmi,  uning  tannarxi  va  boshqa  bir  qator  iqtisodiy  ko’rsatkichlar 
korxonalarning  ishchi  kuchi  bilan  ta’minlanganligiga  va  ulardan  samarali 
foydalanishga bog’liq. 
Auditning asosiy vazifalari quyidagilardir: 

 
korxona  va  uning  tarkibiy  bo’linmalarining  umuman,  shuningdek,  toifalar 
va  kasblar  bo’yicha  ishchi  kuchi  bilan  ta’min  etilganini  o’rganish  va  unga  baho 
berish; 

 
kadrlar qo’nimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish; 

 
ishchi  kuchi  zahiralarini  aniqlash,  ulardan  yanada  to’laroq  va  samaraliroq 
foydalanish. 
Audit  uchun  axborot  manbalari  sifatida  biznes  reja,  mehnat  bo’yicha  statistik 
hisobotlar, tabel asosida hisobga olish va kadrlar bo’limi ma’lumotlari xizmat qiladi. 
Korxona  ishchi  kuchi  bilan  ta’minlanganligini  auditi  ularning  kategoriyalarini 
o’rganishdan  boshlanadi.  Jami  ishlovchilarni  kategoriyalar  bo’yicha  guruhlash 
tegishli  kasb  va  malakadagi  ishlovchilarga  bo’lgan  talabni  aniqlash,  mehnatga  haq 
to’lash shakllari va tizimlari o’rtasida bog’liqlik o’rnatishni tashkil qilish, xodimdan 
oqilona foydalanish imkonini izlash ishlarini yengillashtiradi.  

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling