Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari ta’sirining tahlili
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4-jadval Korxonada ish vaqtidan foydalanish
5.3. Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari ta’sirining tahlili Korxonada mehnatdan foydalanish samaradorligini baholash kishi-kun yoki kishi-soatdagi real ish vaqti fondini tahlil etish orqali amalga oshiriladi. Real ish vaqti fondi hajmi uch omilga bog’liq: 1. ishchilar soni 2. ish kunlari soni 3. ish kunlari davomiyligi Misol uchun korxonada ishchilar tomonidan ish vaqtidan qanday foydalanayotganligini 5.4-jadvalda ko’rib o’tamiz. 5.4-jadval Korxonada ish vaqtidan foydalanish № Ko’rsatkichlar reja haqiqat farqlanish ± foiz 1 Ishlovchilar tomonidan ishlangan kishi-kunlar 32670 28023,8 -4646,3 14,2 2 Ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar 255806 203452,4 -52353,6 -20,5 3 Bitta ishchining o’rtacha ish kunlari soni 217,8 198,75 -19,05 -8,75 4. Ish kunining o’rtacha davomiyligi, soat 7,83 7,26 -0,57 -7,3 5 Real (samarali) ish vaqti jamg’armasi 1755,4 1492,9 -262,5 -15,4 6 Ishchilarning o’rtacha 150 141 -9 -6,0 106 po’yxatdagi soni 5.4-jadvaldan ko’rinib turibdiki joriy yilda bir ishchi haqiqatda 198,5 kun ishlagan, rejadan tashqari ish vaqti yo’qotishlari 19,05 kunni yoki umumiy ishlangan kunlardan 8,75foiz ni tashkil etgan. Reja bo’yicha o’rtacha po’yxatdagi ishchilar soni 150 kishi edi. Haqiqatda esa 141 kishini tashkil etdi. Rejada ko’rsatilgan ish kunlari 217,8 va haqiqatdagi ishchilar sonidan kelib chiqsak, ishchilar yil davomida 30709,8 kishi-kun (217.8/141) ishlashlari lozim edi, lekin haqiqatda 28023,8 kishi-soat yoki 2686 kishi-soat kam ishladilar. Ish vaqti yo’qotishlari turli rejada ko’rsatilmagan holatlar tufayli paydo bo’lgan, misol uchun qo’shimcha tatillar, homiladorlik uchun tatillar, kasalliklar, ishda turib qolishlar, ishga kelmasliklar va h.k. 5.4-jadvaldagi ma’lumotlarni ko’rib chiqish korxonada ish vaqtidan yetarlicha foydalanilmayotganligi to’g’risida xulosa chiqarishimiz mumkin. Buni ishlangan kishi-soatlar yaqqol ko’rsatib turibdi. Agar rejada 255806 kishi-soat ishlash nazarda tutilgan bo’lsa, haqiqatda esa 253452,4 kishi-soat ishlangan, ya’ni rejadan 52353,6 kishi-soat kam. Haqiqatda ishlangan vaqt jamg’armasiga 3 ta omil: ishchilar soni (S i ), ish kuni davomiyligi (D) va yillik ish kunlar sonining ta’sirini aniqlash uchun zanjirli o’rin almashtirish usulidan foydalanib quyidagi hisob kitoblarni keltiramiz. Agar jami ishlangan kishi soatlarni (T) deb, ularning reja ko’rsatkichi bilan farqlanishini ( ΔT) deb belgilasak, unda keltirilgan omillar hisobiga quyidagicha o’zgarishlar yuz bergan. 1. Ishchilar sonining o’zgarishi hisobiga: Δ T ch = Δ S i ∙ D h ∙ M h (5.10) T ch = -9 ∙ 7,26 ∙ 198,75 = -12986,3 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning jami kamaygan yig’indisidan 24,8foiz. 2. Bir yilda ishlangan jami kishi-kunlarening o’zgarishi hisobiga: Δ T m = Δ M ∙ S i. reja ∙ D h (5.11) T m = -19,05 ∙ 150 ∙ 7,26 = -20745,5 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning jami kamaygan yig’indisidan 39,6foiz. 3.Ish kuni o’rtacha davomiyligining o’zgarishi hisobiga: 107 Δ T d = ΔD ∙ D reja ∙ S i. reja (5.12) T d = -0,57 ∙ 217,8 ∙ 150 = -18621,7 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning jami kamaygan yig’indisidan 35,6foiz. Korxonaning ish faoliyati samardorligini oshirish uchun ish vaqtidan foydalanish tarkibini takomillashtirish zarur. Kun bo’yi va smena ichidagi ish vaqti yo’qotishlarini oldini olishda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, mehnat intizomini yaxshilash, texnika xavfsizligiga rioya qilish, mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasi bo’yicha chora-tadbirlarni yaxshilashga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ish vaqti yo’qotishlarini oldini olish va korxona personali sonini tejash imkonini beradi. Ish vaqti yo’qotishlari va undan rastional foydalanmaslik hisobiga ishlovchilar sonini kamaytirish imkoniyati quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Ô Ê Ò Ò Ý÷ ô ë ïâ ) ( (5.13) Bu yerda: E ch – ish vaqti yo’qotishlari va undan rastional foydalanmaslik hisobiga ishlovchilar sonini kamaytirish imkoniyati, kishi; T pv – ish vaqti yo’qotishlari, soat; T l – ish vaqtining norastional sarflari, soat; K – ish vaqtining noratsional sarflarini qisqartirish imkoniyati koeffitsienti; F f – bitta ishchining haqiqatdagi ish vaqti fondi, soat. Ish vaqtidan rastional foydalanmaslik hisobiga yo’qotishlarni aniqlash uchun ishchilarning umumiy ish vaqti fondi tahlil qilinadi va omillarning ish vaqtidan foydalanishga ta’siri topiladi. Ishga kelmasliklar va ish vaqti yo’qotishlar natijasida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi quyidagi formula yordamida aniqlaniladi. B T O (5.14) Bu yerda: ΔO – ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi, so’m; 108 T – qisqartirilishi lozim bo’lgan ishga kelmasliklar va ish vaqti yo’qotishlari, soat (kun); V – soatlik (kunlik) mahsulot ishlab chiqarish, so’m. To’liq ish kuni yo’qotishlari o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, smena ichidagi ish vaqti yo’qotishlari esa o’rtacha kunlik ishlab chiqarishning bajarilmasligiga olib keladi. O’rtacha po’yxatdagi 1 ishchining ish vaqtidan foydalanishni mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri haqiqatda va bazisdagi ish vaqti jamg’armasini solishtirish orqali aniqlanadi. Ish vaqtidan foydalanish hisobiga ishlab chiqarishning o’sishi (kamayishi) quyidagi formula bilan aniqlanadi: 100 ô á ô Ô Ô Ô B (5.15) Bu yerda: V – ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi,foiz; F f – hisobot yilida 1 o’rtacha po’yxatdagi ishchining haqiqatdagi ish vaqti jamg’armasi, soat. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling