Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
Qisqacha xulosalar
Hozirgi kunda tashkilotda personalning rolini tushunishning uchta yondashuvi shakllangan: personal — tashkilot xarajatlari; personal — tashkilotning asosiy resursi; personal — kapital. Yuqorida belgilangan yondashuvlar audit o’tqazish dasturiga ham to’g’ridan to’g’ri ta’sir qiladi. Personal auditi — bu o’z ichiga axborotlarni yig’ish, ularning tahlili va natijalari asosida mehnat salohiyatidan foydalanish bo’yicha tashkilot faoliyati samaradorligini baholash, hamda ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid tadbirlar tizimini o’z ichiga oladigan personalni boshqarish sohasidagi ishlar holatining doimiy ekspertizasini o’tqazishdir. Uning mohiyati tashkilotda yuzaga kelgan muammolarni diagnostika qilish, hamda bu muammolarning naqadar muhimligini baholash va yechilishi lozimligi yuzasidan tashkilot rahbariyatga aniq tavsiyalarni berishdan iborat. Personal auditi personalni boshqarish tizimini tadqiq qilishning diagnostik usulidan foydalanib olib boriladi. Personalni boshqarish tizimida diagnostika ishi personalni boshqarish butun tizimining samaradorligini cheklovchi eng zaif qism sifatida e’tirof etilishi mumkin. Personal – bu sifat tizimidagi asosiy resurs, chunki sifatni ta’minlash va yaxshilash uchun sharoitlar yaratuvchi omillar, birinchi navbatda, texnik va hatto iqtisodiy ham emas, balki ko’p jihatdan personal bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy omillardir. ISO standartlarini amalga oshirish sifatni ta’minlash jarayoniga korxonaning barcha personali jalb qilinishi kerakligini ko’zda tutadi. Bunda har bir hodim o’zning 94 sifat bo’yicha natijalarini ta’minlashga javobgar bo’lishi zarur. ISO 9001:2000 standarti mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan ishni bajarayotgan personal olgan bilimlari, tayyorgarligi, tajriba va ko’nikmalariga mos holda kompetent bo’lishi kerak Audit ikkita darajada o’tkaziladi. Strategik darajada personalni boshqarish siyosatining tashkilot maqsadlari, uning global strategiyasi bilan muvofiqlashganlik darajasi aniqlanadi. Personal auditi tezkor va strategik darajalarda amalga oshiriladi. Kadrlar auditini o’tqazishda maslahatchilar foydalanadigan vositalar turli-tumandir: anketalashtirish; tuzilmaviy intervyu; testlar; turli so’rovnomalar; ekspert baholash usuli; vaziyatli guruhli diagnostika; mavjud boshqaruv va kadrlarga oid hujjatlarni tahlil qilish; kuzatish va boshqalar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling