Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


-BOB.  PERSONALNI  BOSHQARISH  XIZMATI


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

12-BOB. 
PERSONALNI  BOSHQARISH  XIZMATI 
FAOLIYATINING NAZORATI 
 
12.1.  Personalni boshqarish xizmati ishining auditi 
202 
12.2.  Personalni boshqarish bo‘limi faoliyati samaradorligini baholashning 
asosiy  mezonlari 
203 
 
Qisqacha xulosalar 
211 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
211 


 

 
GLOSSARIY 
212 
  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR PO’YXATI 
221 
 
 
 
KIRISH 
 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  xususiy  mulkchilik,  erkin  raqobat  va 
tadbirkorlik  elementlari  ustuvor  darajada  turadi  va  ular  bozorda  ishtirok  etuvchi 
subyektlarni  bozorning  asosiy  qonunlaridan  biri  bo‘lgan  talab  va  taklif  qonuniga 
bo‘ysunishga  majbur  qiladi.  Chunki  bozor  sharoitida  faoliyat  yuritayotgan  korxona  
va  tashkilotlar  ishlab  chiqarish,  moliyaviy,  axborot  resurslari  chegaralangan 
sharoitlarda optimal qaror qabul qilishi lozim. Shu munosabat bilan respublikada olib 
borilayotgan  tub  iqtisodiy  islohotlar  bozor  qonunlariga  javob  beruvchi,  samarali 
faoliyat  yurituvchi  korxona  va  tashkilotlarni  tashkil  etish,  qo‘llab-quvvatlash  va 
rivojlantirishga qaratilgan.  
O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  hozirgi  iqtisodiy  islohotlar  korxona  va 
tashkilotlar  faoliyatini  samarali  tashkil  etish,  bu  orqali  ularda  mehnat 
ko’rsatkichlarini  yaxshilash  hamda  ulardagi  iqtisodiy  munosabatlarni  bozor 
iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.  
Milliy  iqtisodiyotning  barcha  tarmoq  va  sohalarida  turli  mulkchilik  shaklida 
faoliyat  yuritayotgan  korxona  va  tashkilotlar  faoliyatini  o‘rganish,  tahlil  natijalari 
asosida  bu  ko‘rsatkichlarni  yaxshilash  yo‘llarini  belgilash  iqtisodiy  tadqiqotlar  olib 
borishni  talab  qiluvchi  muammolar  hisoblanadi.  Shuning  uchun  korxona  va 
tashkilotlarda  mehnat  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  iqtisodiy  tahlillarni  o‘tkazish  usullari, 
uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash muhim nazariy va amaliy muammodir. 
Iqtisodiy  tahlil  va  prognozlash  tashkilot  va  uning  bo‘linmalari  rivojlanishi 
yo‘nalishlari  imkoniyatlarini  oldindan  aniqlashga  yordam  berib,  bir  qancha 
vazifalarni  bajaradi,  ya’ni:  o‘tmish  va  kelajakdagi  muhim  iqtisodiy  holatlarni 
o‘zgarish  tendenstiyalarini  aniqlash;  aniqlangan  qonuniyatlarni  kelajakda  qo‘llash 
imkoniyatlarini  baholash;  yaqin  va  uzoq  kelajakda  iqtisodiy  rivojlanish 


 

imkoniyatlarini  oldindan  ko‘ra  bilish;  kelajakda  rivojlanishning  eng  yaxshi  
strategiyalarini asoslash.  
Tahlillar  va  prognozlar  natijalari  korxona  va  tashkilotlarning  rivojlanish 
strategiyalarini  belgilash  uchun  variantlarni  tanlashda  foydalaniladi.    Har  qanday 
korxona  va  tashkilotning  samarali  faoliyat  ko‘rstishi  xoh  u  davlat  tashkiloti  yoki 
muassasasi,  xoh  hususiy  tijorat  firmasi  bo‘lsin,  texnik  iqtisodiy  salohiyatni  aniq 
baholash,  korxona  personalidan  yanada  samaraliroq  foydalanish,  mehnatni  tashkil 
qilish,  mehnat  sharoitlari  va  jamoadagi  ijtimoiy  mehnat  munosabatlarini 
yaxshilashning mavjud imkoniyatlarini aniqlash uchun mehnat ko‘rsatkichlarini tahlil 
qilishi  zarur.  
Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  sharoitida 
moliyaviy,  iqtisodiy  va  moddiy  resurslardan  samarali  foydalanish  bilan  birga  albatta 
personal rolini ham oshirib borish zarur.  Buning uchun tadbirkor rahbarlar personal 
tashkilotning  asosiy  qadriyati  ekanligini  uni  boshqarish  jarayonida  tan  olishi  lozim.  
Biroq  shunga  qaramasdan,  ayrim  tashkilotlarda  faoliyat  yuritayotgan  personalni 
qanday  sharitlarda  ishlayotganligini  o‘rganishga  kam  e’tibor  berilishi  kuzatiladi. 
Odatda  korxona  faoliyatining  muvaffaqiyati  indikatori  bo‘lib  iqtisodiy  mezonlar, 
barqarorlik  xizmat  qiladi.  Biroq  o‘ziga  xos  ko‘rsatkichlar  ham  mavjud  bo‘lib,  bu 
ko‘rsatkichlarsiz  korxona  faoliyati  muvaffaqiyatli  bo‘la  olmaydi.  Bular:  tuzilmaviy 
bo‘linmalar  va  alohida  ishchilar  faoliyatining  natijadorligi;  personalning  shu 
korxonadagi  o‘z  mehnatidan,  sharoitlardan  qoniqishi;  kadrlar  qo‘nimsizligi;  mehnat 
intizomiga  rioya  qilish;  munosabatlarning  har  bir  darajasida  ihtiloflarning  mavjud 
bo‘lishi; jamoadagi ijtimoiy-psihologik muhitning xarakteri va h.z.lardir. 
O‘zbekiston  iqtisodiyotini  modernizastiyalash  va  diversifikastiyalash  sharoitida 
boshqaruvning  murakkab  jarayonlarini  mikrodarajaga  olib  tushish  shakllanayotgan 
boshqaruv  tizimini  tashkil  qilishdagi  barcha elementlarni  mos  holga  keltirishni  talab 
qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu 
jumladan  mehnat  munosabatlari  va  ko‘rsatkichlarini  tahlil  qilish  yangi  usullarini 
ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo’lmoqda. 


 

Tashkilot  faoliyatini  tashqi  baholash  usullaridan  biri,  xususan  mehnat 
ko‘rsatkichlari  tahlili  –  auditorlik  faoliyatining  yangi  yo‘nalishi  –  mehnat  sohasi 
auditini    shakllantirishdir.  Hozirgi  paytda  audit  tashkilotning  faqatgina  moliyaviy 
sohasini  o‘rganishda  qo‘llaniladi.  Mehnat  faoliyatining  alohida  sohalari  –  mehant 
normalari,  ish  joylarini  tashkil  etish,  mehnat  muhofazasi,  personalni  boshqarish  va 
h.z.lar  bo‘yicha  tekshirish  mehnat  sohasidagi  vaziyatni  minimal  darajada  nazorat 
qilish imkonini beradi.  
Vatanimiz  korxona  va  tashkilotlarida  bunday  tekshiruvlar  rasmiy  ravishda 
o‘tqaziladi  (ba’zan esa umuman  o‘tqazilmaydi), ayniqsa, xususiy firmalarda. Barcha 
nazoratlar  alohida  mustaqil  amalga  oshiriladi,  o‘zaro  bog‘liq  emas,  personal  auditi 
amalga  oshirilmaydi,  shuning  uchun  ularni  o‘tqazishning  samarasi,  tashkilot 
faoliyatiga  ta’siri  haqidagi  ma’lumotlar  mavjud  emas.  Huquqiy  baza  ishlab 
chiqilmagan  va  shu  sohadagi  mutaxassislarning  tayyorlanmasligi  ham  shu  sohada 
auditni o‘tqazish mutodikasini ishlab chiqish imkonini bermagan. Shu sababli u yoki 
bu  ko‘rsatkichni  o‘rganish  o‘rganilayotgan  obyekt  haqida  bir  yoqlama  tasavvurni 
beradi.  Boshqacha  qilib  aytganda  ko‘rsatkichlarni  bir-biri  bilan  bog‘liq  holda 
o‘rganish, ularning o‘zaro ta’sir doiralarini aniqlash, ya’ni kompleks tahlilni o‘tqazish 
zarur. 
Auditorlik  tekshiruvlari  natijasida  mehnat  jarayonlarini  tashkil  qilish,  ijtimoiy-
mehnat  munosabatlarini  shakllantirish  (misol  uchun  ichki  tartib  qoidalar,  lavozim 
yo‘riqnomalari 
va  b.)  bo’yicha  standartlarni  o‘rnatish,  o‘zgartirish  va 
takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash mumkin.  
Persoanl  auditi  tashkilot  mehnat  salohiyatidan  to‘liq  foydalanialyotganligi, 
istiqbolli xodimlarni lavozimda ko‘tarish mumkinligi, mehnat sharoitlari qonunchilik 
talablariga mosligi haqidagi tasavvurlarni beradi. Shunday qilib, personal auditi bu  – 
iqtisodiy  subyektlarning  mehnat  munosabatlari  va  mehnat  sohasini  idoraviy  
tekshiruvlardan mustaqil ravishda tekshirish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir. 
Uning  assosiy  maqsadi  –  iqtisodiy  subyektlarning  mehnat  munosabatlari  va 
mehnat  sohasidagi  faoliyatini  baholash  bo‘lib,  tashkilotda  mehnat  faoliyatini  tashkil 
qilish  bo‘yicha  qo‘llanilayotgan  shakl  va  usullarning  Respublikada  qo‘llanilayotgan 


 

qonunlar  va  me’yoriy  hujjatlarga  mosligini  belgilash,  olingan  natijalar  asosida 
mehnat  faoliyatini  tashkil  qilishni  takomillashtirish  bo‘yicha  takliflar  ishlab 
chiqishdan iborat.  

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling