Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
-rasm. Tashkilot a’zolari qiziqishlarini tashkilot qiziqishlari bilan
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
1.1-rasm. Tashkilot a’zolari qiziqishlarini tashkilot qiziqishlari bilan
o‘zaro aloqadorligi Insonlarning qandaydir guruhini tashkilot sifatida ko‘rib chiqishda tashkiliy mexanizmning ijtimoiyligini hisobga olish lozim, bu tashkiliy faoliyatning bir qator jihatlarini ko‘rib chiqishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ya’ni: bir butun, uni tashkil etuvchi qismlar yig‘indisiga qaraganda katta; insonning xatti-harakati nafaqat individual motivastiya bilan, balki uning tashkilotga qo‘shilganligi bilan ham belgilanadi; Tashqi muhit (rеal ijtimoiy muhit va anih bozor shartlari) Tashkilot (shaxsiy ijtimoiy qiziqishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy muhit) Insonlar (tashkilot pеrsonali) 11 tashkilotning rivojlanish dinamikasi, ya’ni tashkilot va uning a’zolarining xatti-harakati pirovardida tashkiliy paradigma bilan belgilanadi 1 , uni o‘zgartirmasdan turib ko‘pincha innovastiyalar va yangiliklarning real samarasiga erishib bo‘lmaydi. O‘lchamlari va faoliyatining xususiyatidan qat’i nazar, har qanday tashkilot – bu alohida qismlardan iborat ozmi yoki ko‘pmi, murakkab tizim. Ushbu qismlarning har biri ichki tuzilmaga ega bo‘lgan bo‘linma sifatida ko‘rib chiqilishi va, o‘z navbatida, u ham aynan uning o‘ziga xos bo‘lgan qismlardan tarkib topgan kichik tizim bo‘lishi mumkin. Tizim elementlari o‘rtasidagi texnologik, tashkiliy va iqtisodiy o‘zaro aloqalarning murakkabligi tadqiqot jarayonida firma faoliyati bilan bog‘liq qonuniyatlarni va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish zaruriyatini belgilab beradi. Birinchidan, tizim xususiyatlari bu elementlar xususiyatlarining oddiy yig‘indisi emas. Tizim uning elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning mavjudligidan kelib chiqadigan boshqa xususiyatlarga ham ega. Ikkinchidan, haqiqatda mavjud tadqiqot obyekti sifatida tashkilotning murakkabligi bir qancha modellar ko‘rinishida taqdim qilinishini talab qiladi. Ularning har biri bir qancha aniq belgilangan vazifalarni yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi. Uchinchidan, tashkilot tizim sifatida firmadagi sharoitlar va uning natijalariga sezilarli ta’sir o‘tqazadigan tashqi muhit bilan aloqa qilmasdan faoliyat yurita olmaydi. Shuning uchun u boshqa tizimlar bilan doimiy o‘zaro aloqada bo‘ladigan ochiq tizimdir, ya’ni tashkilot yuqori darajadagi ancha umumiy bo’lgan iqtisodiy tizim tarkibiga kiradi. Har qanday tashkilotning hayotiyligi tashqi muhitga bog’liq bo’ladi. Tashkilotning tashqi muhit bilan bog’liqligi 1.2- rasmda keltirilgan. Tashqi muhit – bu tashkilot tashqarisidagi o‘zgaruvchilar yig‘indisi bo‘lib, tashkilot tomonidan to‘g‘ridan to’g’ri ta’sir o‘tqazmaydigan sohadir. Yopiq tashkilot qattiq belgilangan chegaralarga ega bo‘lib, uning harakati tizimni o‘rab turgan tashqi muhitga unchalik bog‘liq emas. 1 Paradigma – tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya (yoki muammolarni qo ‘y ish modеli). 12 Ochiq tashkilot esa tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatini davom ettirish uchun undagi o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘ladi. Auditni o‘tkazish tizimli yondashuvga asoslanib, uning doirasida tashkilot bu quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi o‘zaro bog‘liq tizimlar majmuidir: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling