Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
-BOB. PERSONAL AUDITI VA NAZORATI FANINING MAZMUNI
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
1-BOB. PERSONAL AUDITI VA NAZORATI FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI 1.1. Tashkilot – audit obyekti sifatida Menejmentni tushunishning hozirgi darajasi shuni nazarda tutadiki, tashkilot boshqaruv faoliyatining obyekti hisoblanadi. Menejmentda “tashkilot” tushunchasi ikkita mazmunga ega: — tizim xo‘jalik subyekti sifatida (korxona, jamiyat, firma, birlashma, bank, kompaniya va boshqa yuridik shaxslar); — shu tizimni shakllantirish jarayoni, uning elementlarini amal qilishi (taransport, omborxona, energetika xo’jaliklarida mehnatni tashkil qilish va h.z.). Bu holda “tashkilot” tushunchasi keng ma’noda talqin qilinib, ayniqsa “korxona boshqaruvini tashkil qilish” tushunchasi bilan uyg‘unlashadi. Personal bilan ishlashda “tashkilot” tushunchasi ikkita ma’noni aniqlash uchun ishlatilib, ularni albatta ajrata olish zarur: • «tashkilot – ijtimoiy birlik (jamoa) bo’lib, uning maqsadlari mavjud hamda tashkilot faoliyati unga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Tashkilotlar o‘z maqsadlariga erishishi uchun inson resurslari, xomashyo va axborotlar bilan bog‘liq xarajatlar qiladilar. Tashkilot a’zolari esa uning maqsadlariga erishishiga ko‘maklashadilar, shuning uchun tashkilotlarning yirikligi ularning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Undan tashqari tashkilotlarda o‘z qiziqishlariga ega a’zolari, ya’ni akstiyadorlar, hukumat, tashkilot xodimlari va ijtimoiy guruhlar mavjud; • ikkinchi ma’nosi ijtimoiy birlik yoki jamoa doirasidagi tashkilotning ham tuzilmaviy, ham jarayonli xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu ma’noda jamoalar alohida 10 holda tashkil etiladi. Ular boshqaruvning alohida shakliga ega bo‘lib, lavozim munosabatlari, bitta ishchiga rahbarlar soni, qoidalar va majburiyatlar, qarorlarni qabul qilish usullari va boshqa jihatlarni o‘z ichiga oladi. Tashkilot – bu birinchidan, obyekt, ikkinchidan – tartiblilik va uchinchidan – faoliyat. Shu bilan birga, uchinchisi ikkinchisini yaratadi va shundan so‘ng natija sifatida birinchisi paydo bo‘ladi. Insonning murakkab, ko‘p funkstiyali, dinamik tizimdagi (buni tashkilot o‘zida namoyon etadi) xatti-harakati alohida qonunlarga bo‘ysunadi. Ularni tushunmasdan turib samarali boshqarishning iloji yo‘q. Mazkur holatda tashkilot a’zolarining shaxsiy manfaatlarini va tashkilot manfaatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning mos kelishi yoki farq qilishi pirovardida butun tashkiliy tizimning samaradorligini yoki samarasizligini belgilab beradi (1.1-rasm). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling