Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
 
 
 


 
136 
7.2. Ishlovchilarning  kasbi bo‘yicha sifat tarkibini tahlil qilish 
 
Yuqori  texnik  doiradagi  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun 
ishlovchilar  soni  ularning  malakasi  bo’yicha  ishlab  chiqarish  talablariga  mos  kelishi 
zarur.  Ishlovchilarning  kasbi  bo’yicha  sifat  tarkibini  tahlil  qilishda  ishlab  chiqarish 
operastiyalari  ro’yxati  va  ularning  murakkabligini  sexlardagi,  uchastkalar  va  ish 
joylaridagi  ishchilarning  mutaxassisligi  va  razryadlari  bo’yicha  tarkibi  bilan 
taqqoslanadi. Ishlar va ishchilarning o’rtacha razryadlari hisoblanadi.  
Agar ishchilarning o’rtacha razryadi ishlarning o’rtacha razryadidan ko’p bo’lsa, 
korxonadagi ishchilardan ularning malakasi bo’yicha to’liq foydalanmayotgan va ish 
haqiga razryadlararo farq uchun ko’p xarajat sarflanayotgan bo’ladi.  
Ishlarning  o’rtacha  razryadi  ishchilarning  o’rtacha  razryadidan  oshib  ketishi 
bajarilgan  ishlarning  va  mahsulot  sifatining  pasayib  ketishiga  olib  keladi.  Buning 
oldini olish uchun ishchilar malakasini oshirish kerak bo’ladi.  
Ishlarning  o’rtacha  razryadi  bir  oz  oshishiga  yo’l  qo’yish  mumkin,  chunki  bu 
holda ishchilar malakasi oshishiga sharoit tug’iladi.  
Tahlil  uslubiyati  –  ishchilar  razryadini  va  ishlar  razryadini  solishtirishdir. 
Malakasini  oshirish  kerak  bo’lgan  ishchilar  soni  esa  quyidagi  formula  orqali 
aniqlanadi: 
S
i
 = (R
ish
 - R
ishchilar
) ∙ S
i(jami)     
(7.1.) 
Bu  tahlil  malakani  hajm  bilan,  bajarilayotgan  ishlar  murakkabligi  bilan 
moslashuvi  va  kerak  bo’lganda  malakaviy  o’sishni  asoslash  uchun  har  bir  razryad 
bo’yicha olib boriladi.  
Korxona  bo’yicha  o’rtacha  ko’rsatkich  bu  moslikni  to’liq  tavsiflab  bermaydi. 
Buning  uchun  qaysi  kasblar  va  razryadlar  bo’yicha  ishchilar  malakasining  orqada 
qolayotganligini  aniqlash  va  haqiqatda  malakasini  oshirishi  kerak  bo’lgan  ishchilar 
guruhlarini malaka oshirish rejalariga kiritish lozim. 
Ishchilar  tarkibini  mutaxassisligi  bo’yicha  tahlil  qilish  ishlar  va  ishchilar 
malakasi ideal ravishda mos kelishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydi, chunki ish 
xarakteri  va  ishchilar  tarkibining  doimiy  o’zgarib  turishi  bunga  imkon  bermaydi. 


 
137 
Biroq, ishlar va ishchilar malaka darajalari o’rtasidagi farq kattalashib ketmasligining 
oldini olish uchun bunday tahlilni doimiy ravishda olib borish zarur.  
Tajribada  ko’pincha  ishchilar  malakasi  bajarilayotgan  ishlarning  malakaviy 
darajasiga  mos  kelmasligi  tez-tez  uchrab  turadi.  Shuning  uchun  bunday  vaziyatlarni 
tahlil  qilishda  tegishli  malakadagi  ishlarning  bajarilayotgan  ishlar  umumiy  hajmiga 
nisbatan salmog’i aniqlanadi.  
Agar  80foiz  va  undan  ko’p  ishlar  o’z  malakasi  bo’yicha  bo’lsa,  bu  holda 
ishchilar o’z malaka darajasi bo’yicha mos ravishda ish bilan band qilingan bo’ladi.  
Masalan, ishchi V razryadli malakaga ega va quyidagi ish hajmini bajaradi:  

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling