Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

Engil sanoat
To’qimachiIik(pahta tozalash, pahta ipak, jun, trikotaj, 
mahsulotlarini o ’z ichiga oladi), teri, mo’yna va poyabzal sanoati 
va boshqalar.
Oziq ovqat
Konserva, non va non mahsulotlari, shakar, qandolatchilik, 
makaron, yoq moy, parfyumeriya kosmetika, spirt, vino aroq, 
pivo, meva sabzavot, choy tamaki, go’sht va sut sanoati va 
boshqalar.
Boshqa tarmoqlar
CHinni fayans, shisha, mikrobiologiya, un va kombikorma, 
poligrafiya va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
6.2. Sanoat mabsulotlari ishlab chiqarish hajmlari.
Umumiy va alohida tarmoqlar bo’yicha sanoat mahsulotlari hajmi 
yuridik shahslar va xo’jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar ulaming 
bo’linmalarida ishlab chiqrailgan sanoat mahsulotlari ko’rinishida bo’lgan 
ishlar va ko’rsatilgan hizmatlaming jami hajmini hisoblash orqali 
aniqlanadi.
Sanoat mahsulotlari bo’yicha yig’ma ma’lumotlarga yirik va o’rta 
sanoat korhonalari, qo’shma, kichik, shuningdek, nosanoat tashkilotlari 
balansiga kiritilgan yordamchi ishlab chiqarish korhonalarida ishlab 
chiharilgan sanoat mahsulotlari(bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan hizmatlar) 
bo’yicha ma’lumotlar kiritiladi.
Yirik va o’rta maxsulot korhonalariga kichik va qo’shma tadbirkorlik 
sub’ektlaridan tashhari asosiy faoliyati sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarishga yo’naltirilgan barcha yuridik shahslar kiradi.
YOrdamchi xo’jaliklar shaklida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
sanoat-ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur 
bo’ladigan asbob-uskunalar va dastgoqlarga ega bo’lgan, 
nosanoat 
tashkilotlari balansiga kiritilgan, ishchilar(doimiy yoki mavsumiy) 
biriktirilgan, o ’zining nosanoat tashkilotlari hamda boshqa korhonalar 
uchun sanoat mahsulotlari ishlab chiharuvchi va sanoat ko’rinishidagi 
hizmatlar 
ko’rsatuvchi 
korhonalar 
hisoblanadi. 
Sanoat 
mahsulotlari(bajarilgan ish va ko’rsatilgan hizmatlar) hajmiga o’zining 
hom ashyosidan hamda buyurtmachilaming hom ashyosidan, o ’zining 
yarim tayyor mahsulotlaridan tayyor mahsulotlaming baqosi, bajarilgan
36


ishlar va sanoat harakteriga ega ko’rsatilgan hizmatlarning narxi, sanoat 
korhonalari ishlab chiqilgan fan-tehnika mahsulotlari kiritiladi.
Sanoat ko’rinishidagi ishlarga quyidagilar kiradi: uskunalar va 
transport vositalarini, mehanizmlar va boshqa mahsulotlami ta’mirlash va 
modemizasiiyalash; blshqa korhonalar tomonidan ishlab chiharilgan 
mahsulotlami tayyor qolga keltirish uchun materiallarga qisman ishlov 
berish; tashharidan olingan mahsulotlami qadoqlash qa quyish; ishlab 
chiqarish personali Mehnati yordamida buyurtmachilaming uskunalarini 
ta’mirlash, 
ishga tushirish. 
Sanoat mahsulotlari 
hajmiga tashqi 
buyurtmachilar yoki nosanoat tashkilotlari va korhonalaming o’zi uchun 
bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan hizmatlar kiritaladi.
Sanoat mahsulotlari (bajarilgan ish va ko’rsatilgan hizmatlar) 
zavodning ichki aylanmasi qiymatini hisobga olmagan holda zavod uslubi 
bilan aniqladi.
Korhonaning zavod ichki aylanmasi, bu - shahsiy sanoat-ishlab 
chiqarish eqtiyojlari uchun ishlab chiharilgan va korhonanig ichida 
foydalaniladigan tayyor mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar 
hisoblanadi. Sanoat o’omonchilik, yoqochni qayta ishlash va qog’oz- 
siellyuloza, engil sanoat kabi alohida tarmoqlari bundan mustasno.
3. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy prognoz 
ko’rsatkichlari.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda prognoz istiqboldagi talab va 
taklifni oldindan bilish va u orqali samarali hudud strategiyasini belgilash 
uchun muhim hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy 
ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- Joriy narxlardagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi;
- Taqqoslama narxlardagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi;
-Taqqoslama narxlardagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
sur’atlari;
Joriy narxlardagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 
deyilganda ishlab chiharilgan sanoat mahsulotlarining jami hajmi joriy 
narxlarda hisoblanishi ko’zda tutiladi.
Prognoz qilinadigan davrga maxsulot hajmi (bajarilgan ishlar, 
ko’rsatilgan hizmatlar) prognoz qilinayotgan davrdagi joriy narxlarda( oy, 
chorak, yil) va qo’shilgan qiymat va aksiiz soliqisiz taqqoslama narxlarda 
aniqlanadi.
Sanoat mahsulotlari hajmini joriy narxlarda prognoz qilish sanoat 
mahsulotlarining ulgurji baqosi indekslarini prognoz qilish orqali 
aniqlanadi.
37


Taqqoslama (belgilangan) narxlardagi sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur’atlari hamda 
mahsulotlami natural va qiymat ko’rinishida ishlab chiqarishning o’zaro 
bog’liqligini hisoblash uchun foydalaniladi hamda hisobot yili boshiga 
korhonalaming ulgurji narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Sanoat mahsulotlari hajmiga quyidagi ma’lumotlar kiradi:
— Yirik korhonalar bo’yicha
— qo’shma korhonalar bo’yicha
— Kichik korhonalar bo’yicha
— Nosanoat tashkilotlarining yordamchi xo’jaliklari bo’yicha
— Uy xo’jaliklarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish.
Sanoat mahsulotlari(tovar mahsulotlari) ishlab chiqarish sur’atlari 
o’sishini aniqlash korhonalaming ishlab chiqarish faoliyatini monitoring 
qilish uchun mo’ljallangan. Sanoat mahsulotlari taqqoslama narxlarda 
ishlab chiqarishni prognozlashni hisoblash uchun biz misol tariqasida 
ko’rib chihamiz. Buning uchun bizga quyidagi asosiy ma’lumotlar zarur 
hisoblanadi: mahsulotlaming o ’lchov birligi, 01.01 joriy davrga narxlar, 
joriy davrda ishlab chiharilgan sanoat mahsulotining miqdori. Misolni 2- 
jadval orqali ko’rishimiz mumkin:
2-jadval

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling