Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

Tehnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini 
zamonaviy talablarga asosan yangi tehnika tehnologiyalami kiritish, ishlab 
chiqarish jarayonlarini mehanizasiiyalashtirish va avtomatlashtirish, 
eskirgan qurilma va uskunalami yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish 
tuzilmasi va tashkil etilishini yahshilash yo’li bilan, korhonaning tehnik


darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab 
chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quwatlarini oshirish 
va ishlab chiharilayotgan mahsulotlar sifatini yahshilashga yo’naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va er tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan 
esa, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumliroq foydalanish uchun 
yangi qurilishni nisbatan cheklangan holatdai, asosan juda zarur 
qollardagina amalga oshiriladi. SHu sababli bugungi kunda kapital 
qo’yilmalaming eng ko’p tarqalgan 
yo’nalishlari sifatida, umuman 
olganda yangi turdagi maxsulot ishlab chiqarishni ham ko’zda tutuvchi 
mavjud ishlab chiqarishini kengaytirish, qayta tiklash va tehnik jiqatdan 
qayta qurollantirishni ko’rsatish mumkin.
8.2. Mintaqaning kapital qo’yilmalar manbalari tuzilmasi.
Investisiiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilqi 
energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy 
o ’zgarishlami amalga oshirish, eksport saloqiyatini oshirish va import 
o’mini bosuvchi maxsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor 
sohalami qo’llab-quvvatlash, chet el investisiiyalarini jalb qilish uchun 
ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga haratildi.
Investisiiya dasturlarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizomga 
quyidagilar Dastumi moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
A) markazlashtirilgan investisiiyalar, ular quyidagilami o’z ichiga 
oladi:
Davlat byudjeti mablag’ lari;
Davlat byudjetdan tashhari fondlar mablag’lar;
hukumat kafolati ostida beriladigan horijiy kreditlar;
hukumat harorlariga ko’ra belgilanadigan boshqa manbalar;
B) Markazlashtirilmagan investisiiyalar, ular quyidagilami o’z ichiga 
oladi:
Mulkchilikning barcha shakllaridagi korhonalar mablag’lari;
Tijorat banklarining, shu jumladan horijiy tijorat banklarining 
kreditlari;
Jismoniy 
shahslar, 
shu jumladan 
horijiy jismoniy 
shahslar 
mablag’lari;
qonun qujjatlariga zid bo’lmagan boshqa manbalar.
Davlat investisiiya faoliyati doirasida davlat byudjeti va byudjetdan 
tashhari fondlar mablaqi hisobidan to’qridan-to’qri moliyalash yo’li bilan 
amalga oshiriladigan investisiiya, O’zbekiston Respublikasi hukumati
52


kafolati ostida chet el investisiiyalari va kreditlarini jalb etgan holda 
amalga 
oshiriladigan 
investisiiya 
markazlashtirilgan 
investisiiya 
hisoblanadi.
Markazlashtirilgan investisiiyalar faqat quyidagi yo’nalishlarga 
ajratiladi:
• respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlariga davlat maqsadli 
dasturlarini va davlatlararo bitimlarini amalga oshirishga;

aholining extiyojmant qatlamlarini davlat tomonidan ijtimoiy 
muhofaza qilishni ta’minlash uchun uy-joy qurilishiga;
• suv xo’jaligi qurilishiga;

aholi yashaydigan joylaming muxandislik infratuzilmasini
rivojlantirishga;

fan, ta’lim, 
sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy
infratuzilmalaming boshqa tarmoqlari ob’ektlari qurilishiga;
• umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga 
va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga.
Investisiion 
maqsadlarga 
yo’naltirilgan 
mablag’lar 
tanqisligi 
sharoitida lizing investisiion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita 
bo’lib hizmat qiladi.
Lizing-moliyaviy kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo’lib, 
korhonalaming qurilma va asbob- uskunalarini 
ishlab chiharuvchi 
korhonalar yoki mahsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq 
muddatga ijaraga olinishini anglatadi. Lizing bitimida ko’rsatilgan 
tomonlardan tashhari 
investisiion loyihalami moliyalashtirish hamda 
ulami buning uchun zarur bo’lgan mablag’lar bilan ta’minlash 
imkoniyatiga ega bo’lgan tijorat yoki investisiion banklar ham ishtirok 
etishi mumkin.

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling