Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Qayta tiklash
Nazorat uchun savollar
1 .Qishloq xo’jaligi mahsuloti deganda nimani tushunasiz? 2.Qishloq xo’jalik mahsulotlarining yalpi yiqimi nima va uning qishloq xo’jalik mahsulotlarini prognozlashdagi ahamiyati qanday? 3.Qishloq xo’jalik mahsulotlarini prognoz narxlaridagi hajmi qanday aniqlanadi? 4. Qishloq xo’jalik mahsulotlari O ’zbekiston Respublikasi mintaqalarida teng etishtiriladimi? 5. 2009 yilning qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili deb e’lon qilingan undagi ustuvor yo’nalishlar qanday? Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.A.Karimov Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari-T.: O’zbekiston, 56 b. 2. Abdullaev A.M., Irmatov M.M., Haydarov M.T., Ashurova D.S. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish. O’quv qo’llanma. - Т.: TDIU, 2006. - 249 b. 3. Irmatov M.M., Haydarov M.T. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning prognozlashtirish. O ’quv qo’llanma. - Т.: TDIU, 2004. 4. Li A.N. Maqalliy tuzilmalami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognoz qilish. O’quv qo’llanma. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamharmasi nashriyoti. - Т.: 2004. 50 VIII BOB. KAPITAL QO’YILMALAR HAJMINI PROGNOZLASH USLUBIYOTI. 8.1. Kapital qo’yilmalar tushunchasi. Kapital qo’yilmalar asosiy fondlami qayta tiklash va o ’stirish uchun sarflanuvchi moddiy, Mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan harakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish harajatlari yoki maxsulot tannarxi shaklidagi, joriy harajatlardan farq qiladi. Kapital qo’yilmalar maqsadli harakterga ega bo’ladi hamda hodimlarga mukofot to’lash, hizmat safari harajatlari va qokazolarga sarflanishi mumkin emas. Kapital qo’yilmalardan foydalanishning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi: • yangi qurilish; • korhonani kengaytirish va qayta tiklash; • ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va tehnik jiqatdan qayta qurollantirish; • harakatdagi quvvatlami takomillashtirish. YAngi qurilishga yangi maydonlarda mahsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korhona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir. Faoliyat yuritayotgan korhonani kengaytirish qo’shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo’shimcha, yordamchi va hizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi siehlarini kengaytirish yoki qurilishini anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korhona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi. Qayta tiklash - bu, faoliyat yuritayotgan korhonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalami ishlab chiqarishni mehanizasiiyalashtirish va avtomatlashtirish, tehnologik bo’qinlar va yordamchi hizmatdagi nomutanosibliklami yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirishni anglatadi. qayta tiklashda eski siehlar o’miga yangi siehlami qurishga ruhsat beriladi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling