Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi


Bitiruv  malakaviy  ishning  amaliy  ahamiyati


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#214285
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida

Bitiruv  malakaviy  ishning  amaliy  ahamiyati.  Bitiruv  malakaviy  ishda 

keltirilgan taklif va mulohazalardan kelajakda firmaning raqobat strategiyasi va 

taktikasini  shakllantirishga  bag’ishlangan    yo’riqnoma,  ko’rsatmalar  ishlab 

chiqishda,  darslik,  o’quv  qo’llanma  materiallarini  tayyorlashda  foydalanish 

mumkin. 

Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta bob, 

xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



1 Bob. Firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini 

shakllantirishning nazariy asoslari 

1.1. Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqobatning ahamiyati va zarurligi  

 

Dunyo  mamlakatlari  iqtisodiy  rivojlanishning  qaysi  modelini  tanlamasin, 

mamlakat  iqtisodiyotining  jahon  xo’jaligidagi  mavqei  va  o’rni  uning 

raqobatdoshlik  darajasi  bilan  belgilanadi.  Tashqi  iqtisodiy  raqobat  texnik 

taraqqiyotning eng muhim omili hisoblanadi va uning ta’sirida ishlab chiqarish, 

boshqaruv  texnologiyalarining  doimiy  yangilanib  borish  jarayoni  davom  etadi, 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari yangilanadi va sifati ortib boradi.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “o’z-

o’zidan  ayonki,  raqobatdosh  iqtisodiyotni  shakllantirmasdan,  pirovard  natijada 

esa  raqobatdosh  mamlakatni  barpo  etmasdan  turib,  biz  qabul  qilgan 

mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirish  kontseptsiyasida  ko’zda  tutilgan  maqsadli  vazifalarni 

amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so’z yuritish mumkin emas”.

4

 



Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari 

o’rtasidagi  murakkab  munosabatlarni  ifodalaydi.  Raqobat  –  bozor  sub’ektlari 

iqtisodiy  manfaatlarining  to’qnashuvidan  iborat  bo’lib,  ular  o’rtasidagi  yuqori 

foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun ko’rashni anglatadi.   

Bu  munosabatlarni  qiymatning  mehnat  va  naflilik  nazariyalarini  sintez 

qilish  usulini  davom  ettirgan  holda  quyidagi  ko’rinishda  ifodalash  mumkin 

(1.1.1-rasm). 

Raqobatning  mazmuni    uning  vazifalarini  ko’rib  chiqish  orqali  yanada 

kengroq  namoyon  bo’ladi.  Hozirgi  bozor  iqtisodiyotida  raqobatning  quyidagi 

asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin: 

1)  Tartibga solish vazifasi; 

2)  Resurslarni joylashtirish vazifasi; 

                                                           

4

Karimov  I.A.  2012  yil  Vatanimiz  taraqqiyotini  yangi  bosqichga  ko’taradigan  yil  bo’ladi.  -Toshkent.: 



“O’zbekiston”, 2012. 20-b. 


 

3)  Innovatsion vazifa; 



 

 

 



 

 

 




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling