Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
Download 1,98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Resurslarga yo’naltirilgan iqtisodiyot Samaradorlikka yo’naltirilgan iqtisodiyot
Bazaviy talablar
1. Davlat va jamoat muassasalari 2. Infratuzilma 3. Makroiqtisodiy barqarorlik 4. Sog’liqni saqlash va boshlang’ich ta’lim
11. Biznesning rivojlanish darajasi 12. Innovatsion salohiyat
Samaradorlik ko’rsatkichlari 5. Oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik 6. Tovar va xizmatlar bozorining samaradorligi 7. Mehnat bozori samaradorligi 8. Moliya bozorining rivojlangani 9. Yuqori texnologiyalar bilan qurollanish 10. Bozor hajmi va miqyosi
15
mamlakatlar miqyosida bo’lsada, sanoat tarmoqlarining mamlakat u yoki bu mintaqasida jamlanishini tushuntirib berish ham muhimdir. Hukumat siyosati ham davlat, ham mahalliy darajada milliy raqobat ustunligini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Aslida firmani o’rab olgan muhit vaqt o’tishi bilan uning raqobatdagi muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Agar savolni yanada umumiyroq qo’yadigan bo’lsak: nima uchun ba’zi tashkilotlar muvaffaqiyat qozonadi, boshqalari esa muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Atrofdagi muhitning bir qismi – firmaning jo’g’rofiy joylashishidir. Bundan tegishli oqibatlar kelib chiqadi, albatta (tarix, xarajatlar va talab ma’nosida). Lekin bu bilan «atrof-muhit» tushunchasi chegaralanib qolmaydi: masalan, firma ishchilari va menejerlari qaerda o’qitilganligi yoki uning birinchi va eng muhim xaridorlari kimligi ham muhimdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat ustunligi va uni qanday yaratish yoki aksincha qo’ldan chiqarish haqida ko’p narsa ma’lum. Nega firma to’g’ri qaror qabul qilish haqida esa kam o’rganilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyatda mamlakatlarning iqtisodiy muvaffaqiyatini o’rganishda oddiy va tekis ifodalash sari moyillik mavjud bo’lib, u qoidadan ko’plab istisnolar bo’lgani holda faqat ishonish asosida qabul qilinadi. Fanning ixtisolishuvi ortib borayotganligi mana shu moyillikni kuchaytirmoqda. Aslida tadqiqotlarda hozirgacha qilingan kashfiyotlardan ham oldinga ketish mumkin-ku. Bilimning ko’plab sohalaridagi olimlar fanlar vakolatlari sohasidagi an’anaviy chegaralar ularning imkoniyatlarini cheklab qo’yayotganligini endigina anglamoqda. Murakkab va rivojlanayotgan tizimlar qanday ishlashini tushunish uchun bu chegaralardan o’tish imkoniyatlariga ega bo’lish kerak. SHu maqsadda ikki-uch o’zgaruvchilarga ega matematik modellar mavjud ma’lumotlar bilan cheklangan statistika asosidagi matnlarni ishning boshqa turlari bilan to’ldirish kerak. Raqobatning globallashuvi kuchayishi bilan go’yo mamlakatlarning ahamiyati kamayib boradi, degan ta’kidlar eshitila boshladi. Aslida esa hammasi aksincha, ya’ni baynalmilallashuv va protektsionizm hamda boshqa
16
to’siqlarning bartaraf etilishi raqobatda faqat mamlakatning rolini oshirdi. Millatlarning xarakteri va madaniyatidagi farq global raqobat tufayli kamayib qolgani yo’q. Buning ustiga raqobatdagi muvaffaqiyat ular juda muhim hisoblanadi.
Download 1,98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling