«Direkt-kosting» hisob tizimi rahbarlarga korxona miqyosida va turli mahsulotlar bo'yicha marjinal daromadning o‘zgarishiga e’tiborni kuchaytirishga imkon beradi.
Bundan tashqari, «Direkt-kosting» hisob tizimi doimiy xarajatlar ustidan tezkor nazorat o’rnatishga ko'maklashadi, chunki tannarxni nazorat qilish jarayonida standart (normativ) xarajatlar («Direktkosting» hisob tizimi «Standart-kost» tizimi bilan birgalikda tashkil etiladi) yoki moslashuvchan smetalardan foydalaniladi
«Direkt-kosting» tizimida standartlar qo‘llanilar ekan, bunda o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarga normalar belgilanadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, todiq tannarx hisobi tizimida qo‘shimcha xarajatlar taqsimlanmagan summasining bir qismi bir hisobot davridan boshqasiga o‘tadi, shu bois, ularni nazorat qilish sustlashadi. Bunday holda «Direkt-kosting» tizimi qo‘shimcha xarajatlar taqsimlanishining mehnattalabligini kamaytirishga yordam beradi
«Direkt-kosting» tizimi bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish
«Direkt-kosting» tizimining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish unga xos bo‘lgan quyidagi kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi:
— raqobat kurashida baholarni sun’iy ravishda pasaytirish kuzatilsa, doimiy xarajatlar marjinal daromad hisobidan qoplanishi mumkin bodmaydi, ya’ni korxona zarar ko‘ra boshlaydi.
Agar korxona mahsulot ishlab chiqarish va sotishni kengaytirsa, mahsulot birligi tannarxi pasayadi, agar korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirsa, tannarx o‘sadi. Bunday sharoitda 0 ‘zbekiston korxonalarida «Direkt-kosting» tizimini qo'llash zarurligi va maqsadga muvofiqligi dolzarb bo‘lib qoladi.
«Standart-kost» tizimi bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etish
Standart-kost»
ikki so'zdan tashkil topgan: «standart» — mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zaruriy bo‘lgan moliyaviy, moddiy va mehnat xarajatlari uchun oldindan hisoblab qo'yilgan xarajatlarning normativini anglatsa, «kost» so'zi esa mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni bildiradi.
Shunday qilib, «Standart-kost» so‘zi to'liq ma’noda standart xarajatlarni anglatadi.
Standartlar — eng awalo, ishlab chiqarishning bevosita xarajatlaridan foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatishga qaratilgan va birbiriga bogiiq, smetalar esa.taqsimlanadigan xarajatlar nazorati uchun m o‘ljallangan
Do'stlaringiz bilan baham: |