Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi».
Iqtisodiy o‘sishning investitsiyalar va bandlar sonining oshishidan keyingi uchinchi manbasi bo‘lib, texnologik taraqqiyot hisoblanadi. Neoklassik nazariyada texnik (texnologik) taraqqiyot deganda ishlab chiqarishning mashinalashtirilishi emas, balki, ishlab chiqarishdagi sifat
o‘zgarishlari (ishchilarning ma’lumot darajalari va malakalarining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yaxshilanishi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi) tushuniladi.
Modelga texnologik taraqqiyotning kiritilishi ishlab chiqarish funksiyasini o‘zgartirib, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Y=f(K,L×E)
Bu yerda(E)- mehnat birligi samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi, ma’lumoti va malakasiga bog‘liq):
(L×E)- doimiy samaradorlik E ga ega shartli mehnat birliklari soni.
E qanchalik katta bo‘lsa, mavjud ishchilar soni bilan shuncha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin.92
Texnologik taraqqiyot mehnat samaradorligi(E) ning doimiy surat (g)bilan o‘sishga olib keladi. Shuning uchun g =2% bo‘lganda, mehnatning har bir birligidan qaytim yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga 2% o‘sgandagi kabi o‘sishiga olib keladi. Texnik taraqqyotning bunday shakli mehnatni tejaydi deyiladi, (g)– esa mehnatning tejaydigan texnologik taraqqiyotning surati.
Endi texnologik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasini aniqlash mumkin. Agar bandlarning soni (L) (n) sur’at bilan oshayotgan bo‘lsa, samaradorlik (E) esa (g)sur’at bilan o‘sayotgan bo‘lsa, unda (LE) (n+g) sur’at bilan oshib boradi.
Doimiy samaradorlikka ega bir mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan kapital k1=[K/(LE)] ni tashkil etadi. Doimiy samaradorlik bilan mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi esa y=Y/(LE)ni tashkil etadi. Bunda barqaror muvozanatlilik holatiga quyidagi shartda erishiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |