Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o‘sish dinamikasi, foizda96


Download 1.17 Mb.
bet115/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

15.7-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o‘sish dinamikasi, foizda96


Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda. Xususan:



  • xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

  • sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi;

  • iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamining yanada kengaytirilishi;

  • banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

  • ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishiga zamin yaratmoqda97.



Qisqacha xulosalar


Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) o‘z modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. Ushbu model iqtisodiy o‘sishning muvozanatli traektoriyalarini tadqiq qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Mazkur model o‘sayotgan asosiy kapitalning jon boshiga mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga olib kelishi mexanizmini ko‘rsatadi. R. Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. SHunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.


Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan.
Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling