Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
- YaIM = Tn + W+R
- YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2
- Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular
- SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A
2.3-jadvalO‘zbekiston Respublikasida YaIMning foydalanish tarkibi16 (%)
16 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
Mamlakatda 2000-2017 yillarda iste’mol ulushi o‘rtacha 53,2% ga teng bo‘lib, uning tarkibidagi 2017 yilda davlat xarajatlari ulushi o‘rtacha 16,7%, xususiy iste’mol ulushi esa o‘rtacha 53,2% ga teng bo‘lgan. YaIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar hisobidan, to‘langan dastlabki daromadlar qo‘shib chiqiladi. YaIMni daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: -sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar(qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‘rtasidagi farq; - yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to‘lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. O‘zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo‘lgan bo‘lsa. 2006 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi, 2017 yildan boshlab 15-25 % atrofida qilib belgilandi. - Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo‘jaliklariga tegishli korxonalar bo‘lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o‘zaro qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo‘llashga sabab bo‘ladi. R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A); YaIMni daromadlar ko‘rinishida yalpi qo‘shilgan qiymatni ko‘rsatilgan uch guruhga bo‘lib topish mumkin: YaIM = Tn + W+ROlingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko‘rinishidagi daromadlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, YaIMni daromadlar ko‘rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo‘lish ko‘zda tutiladi: -amortizatsiya (A); bilvostia soliqlar (T); -yollanma ishchilarning ish haqlari (W); ijara haqi to‘lovi va renta ko‘rinishidagi daromadlar(R1); kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2); -mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (P1); -korporatsiya foydasi (P2). Korporatsiyalar foydasi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: korporatsiyasi foydasidan to‘lanadigan soliqlar (P2.1); hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar(P2.2); v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(P2.3). Keltirilgan yondoshvuga ko‘ra: YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o‘zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’ekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub’ekt uchun daromad bo‘lib tushadi. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ularo‘rtasidagi nisbat Milliy hisobchilik tizimiga ko‘ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko‘rsatkichidan boshqa yana bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatkichi ham kiradi. Bu ko‘rsatkich MHTning oldingi ko‘rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko‘rsatkichi bilan mohiyatan bir xil. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.YaIM va YaMD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqni quyidagi formula ko‘rinishida tasavvur etish mumkin: YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari.17YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o‘lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang‘ich daromadlarni o‘lchaydi. Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko‘rsatkichlariYaIM va YaMD ko‘rsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.18 SIM = YaIM - A SMD = YaMD - AMakroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi. ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz17 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 29 daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad19Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‘yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi. Shaxsiy daromaddan aholi to‘laydigan daromad solig‘i, mulk solig‘i va ayrim nosoliq to‘lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko‘rsatkichi topiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling