Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet29/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

P-P-1 π = ----------
P-1 bunda: π– yillik inflatsiya sur’ati;
P - joriy yilning narxlar indeksi; P-1 - o‘tgan yilning narxlar indeksi.
Inflatsiyani miqdoran o‘lchash uchun makroiqtisodiyotda «70- miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o‘sishi sharoitida inflatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflatsiya darajasiga bo‘lish kifoya:
Baholar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------------
yillar soni π
Misol uchun, yillik inflatsiya darajasi 7 % ga teng bo‘lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamg‘armaning necha yildan so‘ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo‘lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.


    1. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi.


Talab inflatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo‘lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to‘liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko‘payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so‘zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to‘liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko‘pgina omillarga bog‘liq.
Iqtisod pasayish holatida bo‘lganda mamlakatda yalpi talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o‘zgarmaydi yoki kam miqdorda o‘zgaradi. Baho o‘zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo‘sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o‘zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo‘ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi,
uning uchun ishga yollanishning o‘zi kifoya hamda qo‘shimcha stanok sotib olishga hojat yo‘q.
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to‘la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo‘sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to‘liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o‘sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko‘payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling