Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


- rasm. O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni dinamikasi (2017 yil, ming kishi hisobida)29


Download 1,17 Mb.
bet27/160
Sana13.04.2023
Hajmi1,17 Mb.
#1353989
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

3.3- rasm. O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni dinamikasi (2017 yil, ming kishi hisobida)29


Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.
Aholi bandligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri - aholi bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mehnatga layoqatli aholining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda. Ana shularni hisobga olgan holda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda Hukumatning asosiy e’tibori aholi
bandligini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash uchun zarur shart- sharoitlar yaratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishni amalga oshirishga qaratiladi. Birinchi navbatda, bu iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning ehtiyojini hisobga olgan holda, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha har yilgi dasturlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.


Qisqacha xulosalar


Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga oladi va ularni iqtisodiy tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi orqali YaIM dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi.


Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi. Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi. To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta’minlanganlik darajasini anglatmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari yig‘indisiga teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Ishsizlar sonining oshishi, ya’ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi YaIM o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday
bog‘liqlikning miqdoriy darajasini ifodalaydi.
AQSh ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan minqiroz asta sekin butun moliya tizimini qamrab oldi va pirovardida iqtisodiy inqirozga ham aylandi. Natijada iqtisodiyotda pasayish va ishsizlik darajasining o‘sishi kuzatildi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling