Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet63/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

8.1-rasm. Pulga talab grafigi


Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig‘i (likvidliligi) ga talab formulasi quyidagicha bo‘ladi59:


(M/P)d =L (R, Y);


Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog‘liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo‘ladi:

(M/P)d = kY - hR


Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; R – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflatsiya sur’atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o‘zgarishi foiz stavkasi o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ham pulga talabning ko‘payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizig‘ining siljishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.





59 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 114
    1. O‘zbekistonda pul agregatlari va pul massasi tarkibi


Mamlakatda valyuta bozorining erkinlashtirilishi hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida amalga oshirilgan ishlar savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi sub’ektlar tomonidan naqd pullarni bank kassalariga topshirishilishini rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Natijada, 2018 yil davomida banklar kassalariga qabul qilingan naqd pul tushumlari hajmi 2017 yilga nisbatan 2,1 barobarga ortib, 83,1 trln. so‘mni tashkil qildi.
2018 yil davomida bank kassalariga naqd pul tushumini topshirish ko‘lamining oshishi bilan bir qatorda, naqd puldagi chiqimlar hajmi ham 2017 yilga nisbatan 1,9 barobarga oshib, 85,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

8.1-jadval


Pul massasi va uning tarkibi60


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling