ΔY=Inflatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo‘lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o‘laroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi o‘zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko‘ra tovar moddiy zahiralarining o‘sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo‘ladi.
Klassik iqtisodchilar makroiqtisodiy muvozanat faqat to‘liq bandlik sharoitida ro‘y beradi, qisqa mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, ya’ni tbaho, ish haqi kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafs etiladi deb hisoblashishadi.
Klassik iqtisodchilar nazariyasidan farqli o‘laroq ingliz iqtisodchisi
Keyns o‘zining to‘liq bandlik mavjud bo‘lmagan sharoitda ham
makroiqtisodiy muvozanat ro‘y beradi, tartibga solinmagan iqtisodiyotda to‘liq bandlilik faqatgina tasodifiy ro‘y beradi deb hisoblaydi.
Keyns modelida makroiqtisodiy muvozanat ishlab chiqarishni ta’minlovchi ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuqtasida ro‘y beradi. Bu modelda tovar zahiralarining o‘zgarishi makroihtisodiy muvozanatni ta’minlovchi omil deb qaraladi.
Yalpi daromadlarning avtonom xarajatlar miqdoridagi dastlabki o‘sishdan (kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sishi (kamayishi) multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator iqtisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan belgilanadi va u bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka ega.
Makroiqtisodiy muvozanat potensial YaIM hajmidan kamroq bo‘lgan haqiqiy YaIM hajmida o‘rnatilsa retsession uzilish, aksincha bo‘lsa inflatsion uzilish ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |