Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet67/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
B C+R C/ D + R / D Cr +rr
Cr miqdori – aholining o‘z mablag‘larini naqd pullar va depozitlar o‘rtasida qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog‘liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo‘ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog‘liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog‘liq ekan.Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo‘li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko‘payadi, agar:
-pul bazasi o‘ssa;

-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.


    1. Pul bozorida muvozanat


Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko‘rsatadi.

(M/P)s = M*/P*


Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o‘zgaruvchi )ni ko‘rsatadi.
9.1-rasm real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatni ko‘rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi
grafikda ko‘rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o‘zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o‘zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko‘rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o‘zaro teng, (9.2-rasm).
O‘zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o‘zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‘z aktivlari tarkibini o‘zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o‘zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo‘lsa, pul taklifi unga bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy agentlar o‘zlarida to‘planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi.






Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling