Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


-jadval O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetiga to‘g‘ri soliqlar


Download 1.17 Mb.
bet75/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

10.5-jadval O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetiga to‘g‘ri soliqlar


tushumining tarkibi (%)71

Soliq turlari

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

To‘g‘ri soliqlar

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

100,
0

1.Korxonalarni
ng foyda solig‘i

18.7


19,2


18,1


19,2


18,5


16,3


15,1


13,3


12,5


12,8


22,4


2. Jismoniy shaxslar daromad
solig‘i

47.9

46,2

45,0

42,7

42,5

42,8

44,1

43,2

42,1

42,3

41,2

3.Yagona soliq

17.3

18,9

21,6

23,2

22,8

25,0

25,8

27

29

30

29,9

4. Tadbirkorlar daromadiga
qat’iy belgilangan
soliq

3.8

3,9

4,6

5,0

5,9

6,5

7,5

6,7

6,9

9,0

6,5

5. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish


solig‘i

12.4


11,9


10,8


10,0


10,3


9,4


7,5


9,8


9,5


5,9


bekor qilin- gan

Yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavksining kamayishi natijasida 2000-2017 yillarda u bo‘yicha tushumlarlarning to‘g‘ri soliqlar tarkibidagi ulushi kamayishi kuzatildi va 12,8%ni tashkil qildi.
Soliq shkalalari bo‘yicha soliq stavkalari kamayishiga qaramasdan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarning ko‘payib borayotganligi soliq bazasi, ya’ni aholi daromadlari ortib borayotganligidan dalolat beradi. 2011-2017 yillarda ijtimoiy infratuzilma solig‘i ulushining ortishi hisobiga jismoniy shaxslar daromad solig‘inig to‘g‘ri soliqlar tushumidagi ulushi qisqardi.
To‘g‘ri soliqlar stavkalarining pasaytirilishiga qaramasdan soliq bazasining kengayishi hisobiga bu soliqlar tushumining mutlaq miqdori
oshib borishi, to‘g‘ri soliqlardagi ulushi esa 2012-2017 yillarda deyarli barqaror bo‘lib qolayotganligini ta’kidlash mumkin, xususan, 2017 yilda budjet daromalari tarkibida to’g’ri soliqlarning ulushi 24,0 % ni tashkil etdi. Bunday baqarorlik 2012-2017 yillarda yagona soliq to‘loviga ham tegishlidir. Soliq to‘lovchilar soni ortishi, soliq bazasining kengayishi yagona soliq stavkasinig pasayishiga qaramasdan uning mutlaq miqdori ortib borishiga olib keldi.
Egri soliqlar davlat budjeti jami daromadlarining yarmidan ko‘p (2017 yilda 51,5%) qismini ta’minlab beradi (10,6-jadval).

10.6-jadval O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetiga egri soliqlar


tushumining tarkibi (%)72

Soliq turlari

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

Egri soliqlar

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

1.Qo‘shilgan
qiymat solig‘i

60,8

56,8

56,7

57,9

57,1

56,4

56,1

56,5

56,3

56,2

67,5

2.Aksiz
solig‘i

27,2

32,9

32,4

30,9

30,6

31,1

29,2

29,3

29,7

30,5

23,5

3.Bojxona
boji

7,7

6,2

6,3

6,3

7,3

7,5

8,0

8,3

8,2

6,5

4,4

4. Benzin iste’moli uchun jismoniy
shaxslardan
undiriladigan soliq

4,3

4,1

4,5

4,9

5,1

5,0

6,7

5,9

5,8

6,8

4,6

Agar ushbu soliqlar tarkibini qarab chiqadigan bo‘lsak, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar egri soliqlar tarkibidagi ulushi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. 2000 -yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushi 47,3 foizni, 2004 yil 42,5% foizni, 2013 yilda 56,4% tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 67,5 % ni tashkil qildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushining bunday keskin ko‘tarilishi aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar hajmining kamayishi bilan izohlanadi. 2013





72 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari
yilda aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning egri soliqlar tarkibidagi ulushi 2004 yildagi 48,2% o‘rniga 31,1%ga teng bo‘lishi, 2018 yilda esa 23,5 % ga teng bo‘lishi kuzatildi. Ushbu pasayishning sababi respublika hududida ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasining o‘zgarmaganligi bilan bog‘liq. Boshqa egri soliqlarning stavkalarida esa inflatsiya darajasi hisobga olinadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada faollashuvi natijasida, bojxona bojlarining egri soliqlardagi ulushi ortib borib 2000 yildagi 2 % o‘rniga 2005 yilda 4,7 % ga, 2016 yilda esa yana ko‘tarilib 8,2 % ga yetdi. Shu davrda egri soliqlar tushumining umumiy hajmida jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona to‘lovi ulushi ortdi.
Avtomobil egalariga mulk egaligi uchun solinadigan soliqlar o‘rniga joriy etilgan benzin iste’moli uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning egri soliqlar tushumidagi ulushi 2002 yilda 2,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘payib borib 2005 yilda 4,4 foizga, 2018 yilda 4,4 foizga yetdi.
Soliq stavkalarini pasaytirish, iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida umumiy soliq yuki kamaygani holda, budjet daolmadlari ortib bordi, ularning tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Davlat budjetiga soliq tushumlarining ko‘payishi hukumatimiza ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi tadbirlarni amalga oshirishiga xizmat qildi.
    1. O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o‘ziga xos xususiyatlari


O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotni modernizayiya qilish va texnik qayta qurollantirishda soliqlarning rolini oshirish, ularning rag`batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish kabi yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Ushbu ma’ruzaning beshinchi savolida ko‘rganimizdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq stavkalarining pasaytirilishi, kichik biznes sub’ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsaktmoqda.
Soliq islohotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri soliqlarning stavkalarini kamaytirish, resurs to‘lovlari va mulk solig‘i bo‘yicha tushumllarning davlat budjetidagi ulushini oshirishga qaratilgan.
2000-2018 yillarda soliq siyosati makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotda tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va aholi moddiy turmushining muntazam yaxshilashib borishi maqsadlarini ko‘zlab amalga oshirildi.
Shu yillarda davlat soliq siyosati iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tartibini soddalashtirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirishga yo‘naltirildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investitsiyalarni va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlntirish uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, soliq stavkalarini kamaytirish natijasida soliq bazasi kengaydi, oqibatda budjetga soliq tushumlari ko‘padi, daromadlar tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi.

10.1-rasm. Soliq yuki dinamikasi73







73 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida soliq yukini muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilib kelinmoqda, o‘z navbatida ushbu holat 2017 yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etdi.
10.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, soliq yuki darajasi Respublikamizda izchillik bilan kamayib bormoqda. Agar ushbu ko‘rsatkich 2000 yilda YaIMga nisbatan soliq yuki 28,0%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilga kelib 4,8 punktga (23,5%), 2014 yilda esa 8,0 punktga kamaydi va 2018 yilda YaIMga nisbatan 19,4%ni tashkil etdi.
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda kamaytirib borish o‘z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat, ish)lar bilan to‘yintirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes sub’ektlari shaklidagi soliq to‘lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga qaramasdan yalpi ichki mahsulot va davlat budjetining daromadlar hajmida yil sayin o‘sish ta’minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda, shuningdek, uning tarkibi bo‘yicha ham kamayishga erishildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag‘batlantiruvchi rol o‘ynayotgani muhim hisoblanadi. Xususan, 2010 yilda kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga, 2011 yilda 6 foizga,
2012 yilda 5 foizga pasaytirilgan.
1996-2014 yillar mobaynida kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 5 foizga yoki 7,6 martaga qisqargan.
So‘nggi yillarda soliq solishning muqobil tizimi shakllantirilgan bo‘lib, buning natijasida umumiy soliq yuki 2,5 marta kamaydi.
Bunda davlat tomonida eksportchi korxonalarga, kichik biznes sub’ektlariga hamda investitsiyalarni amalga oshiruvchi va mahsulotning yangi turlarini o‘zlashtiruvchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berilgan. Xususan, kichik biznes sub’ektlari soliqlarning barcha qolgan turlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini amalga oshiradi, uning stavkasi faoliyat turiga qarab 5-6 foizni tashkil qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka asoslangan institutlarni mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo‘naltirildi. YAIMda davlat budjeti ulushini kamaytira borib, 2018 yilda uning ulushini 19,4 %idan oshirmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari uchun barqaror manba yaratdi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling