11.3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjeti ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi, YAIMga nisbatan foizda74
Keyingi yillarda respublikamizda davlat budjetining ijro etilishida ijobiy holat ko‘zga tashlanmoqda.
11.3-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar pasaytirishga, 2005-2008 yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi.
74 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari
Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda.
2017 yilda ham maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlari uning xarajatlaridan ortish hajmi YAIMning 0,1 foizi darajasida bo‘lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Budjet taqchilligining kuchayishi muqarrar ravishda davlat qarzini keltirib chiqaradi. Ya’ni, budjet taqchilligi asosan davlat qarzi hisobiga qoplanib, u ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonda tashqi qarz masalasiga mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki pallasidanoq har tomonlama chuqur o‘ylangan va mulohaza qilingan holda yondoshildi.
11.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi, YaIMga nisbatan %da75
75 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
O‘zbekistonda tashqi qarz va kreditlarni olishda qat’iy va muhim tamoyillar, jumladan, ularning uzoq muddatga va past foizlarda berilishi, qarz berishning hech qanday siyosiy yoki mafkuraviy talab va shartlar bilan bog‘liq emasligi, ularning umumxalq manfaatlariga, asosan real iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirilganligi kabilarga amal qilinganligi 2018 yil yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 34,8 foizni tashkil etishiga imkon yaratdi.
Tashqi qarz darajasining past darajada ekanligi mamlakat oltin – valyuta zaxiralarining barqarorligini ta’minlamoqda. Jumladan, 2018 yilda OVZ hajmi ko‘payib, hozirda 13 oydan ziyodroq importni qoplaydigan oltin –valyuta zaxiralari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |