Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet85/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Qisqacha xulosalar


Fiskal siyosat (budjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o‘sish, baholarning barqaror darajasi, to‘liq bandlik va to‘lov balansi barqarorligini ta’minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyasiya qilinadi.
Fiskal siyosatl cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi turlarga bo‘linadi. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa, cheklovchi fiskal siyosat iqtisodiyotda haddan ziyod talab tufayli inflatsiya paydo bo‘lgan sharoitda olib boriladi.
Fiskal siyosat tadbirlari qisqa va uzoq muddatda multiplikator samarasi ta’siri ostida bo‘ladi.
Davlat xarajatlari multiplikatori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, chegaraviy soliq stavkasi hamda iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan teskari bog‘liqlikka ega. Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir xil miqdorga oshirilishi daraomadlar hajmini ham shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu
holat balanslashgan budjet multiplikatori bilan izohlanadi.
Iqtisodiy pasayish paytida budjetning davriy taqchilligi, diskret fiskal siyosat natijasida esa tarkibiy taqchilligi yuzaga keladi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning maqbul yo‘li davlat qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni sotish hisobiga qarz olishdir.
Respublikamizda o‘tkazilayotgan budjet-soliq siyosati iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga shart-sharoit yaratish, yalpi talabni oshirish kabi maqsadlarga qaratilgan.


Nazorot va muhokama uchun savollar


  1. Rag‘batlantiruvchi va cheklovchi fiskal siyosatning qisqa va uzoq muddatdagi natijalarini tushuntirib bering.

  2. Davlat xarajatlarining multiplikatori kattaligi qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq?

  3. Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori kattaligi fiskal siyosat samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  4. Soliq multiplikatori miqdori qaysi omillarga bog‘liq?

  5. Balanslashgan budjet multiplikatorining mohiyati nimada?

  6. Diskret fiskal siyosatining kamchiliklarini tushuntirib bering.

  7. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi qanday paydo bo‘ladi, ular qay yo‘sinda tugatiladi?

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling