Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi.Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida yalpi talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o‘zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi. Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‘zgaradi va ko‘rilgan chora- tadbirlar ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa yalpi talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham yalpi talabni oshirib, yalpi taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflatsion ta’sir ko‘rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu yalpi talabga cheklovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‘liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi. Iqtisodiyotning o‘rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog‘liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling