Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


-jadval O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy


Download 1.17 Mb.
bet88/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

12.1-jadval O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy


zahiralash normasi77



Amal qilish sanasi

Muddatsiz va muddati 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha

3 yildan ortiq muddatli
depozitlar bo‘yicha

Xorijiy valutadagi
depozitlar bo‘yicha

01.06.1996 y.
Gacha

30%

10%

0%

01.06.1996 y.
Dan

25%

10%

0%

01.12.1997 y.
Dan

20%

10%

0%

01.03.2000 y.
Dan

20%

20%

0%

04.07.2004 y.
Dan

20%

20%

0%

01.02.2005 y.
Dan

15%

15%

5%

01.09.2007 y.
Dan

13 %

13 %

13 %

01.11.2008 y.
Dan

15%

15%

15%

01.11.2009 y.


Dan

1 yilgacha bo‘lgan
dep.u-n.15 %, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan
depozitlar uchun 12%

10,5%


Miliiy valuta singari



Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini


ko‘paytiriadi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan choralar doirasida 2018 yilning 1 oktabridan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq:

  • majburiy rezervlarni tijorat banklar tomonidan jalb qilingan majburiyatlarning valyutasidan qat’iy nazar faqat milliy valyutada shakllantirish bo‘yicha tartib o‘rnatildi;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha me’yorlari bir xillashtirildi;

  • yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy rezervlar me’yorlari pasaytirilmoqdi;

  • chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy rezervlar uchun nisbatan yuqori me’yorlar kiritildi.

12.2-jadval O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy


zahiralash normasidagi so‘nggi o‘zgarishlar78

Majburiyat valyutasi

Muddati

Yangi me’yorlar (01.10.2018
yildan)

01.06.2018 yildan -
01.10.2018 yilgacha

jismoniy shaxslar uchun

yuridik shaxslar uchun

Yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari

2 yildan
ortiq

0%

0%

0%

1 yildan 2 yilgacha

2%

2%

7%

boshqa depozitlar

4%

4%

14%

Yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi depozitlari

2 yildan ortiq

0%

0%

0%

1 yildan 2 yilgacha

7%

3%

8%

boshqa depozitlar

14%

6%

16%

Ushbu o‘zgartirishlar:

  • milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining jozibadorligini oshirishga;

  • iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirishga;

  • bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishda bozor mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo‘sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko‘rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o‘sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo‘lgan talabni oshiradi va o‘z navbatida, YaIM miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o‘z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‘xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o‘sishini rag‘batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.

    1. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling