Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki


Download 1.17 Mb.
bet74/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki.


Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig‘imlar amalda bo‘lgan bo‘lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2017 –yilga kelib esa 10 tagacha qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini esa qo‘shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta’minlandi. Masalan ijtimoiy infratuzilma solig‘iga obodonlashtirish yig‘imi qo‘shib yuborilgan bo‘lsa, 2006 yilda ekologiya solig‘i mutlaq bekor qilindi.
2000-2017 yillarda foyda solig‘i stavkasi 31 %dan 8 foizga tushirildi, Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, ya’ni unga nobudjet davlat jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan yagona yo‘l jamg‘armasi, maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar ham qo‘shib yuborildi.

10.4-jadval


Davlat budjeti daromad qismining bajarilishi (YaIMga nisbatan % da)70

Ko‘rsatkic
hlar

201
0

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

Daromadlar
jami

22,
1

21
,9

22
,0

22
,0

21
,9

21,
3

20
,6

19
,9

19
,4

1. Bevosita
soliqlar

5,8

5,
8

5,
6

5,
3

5,
1

5,
1

4,9

4,6

3,
8

2. Bilvosita
soliqlar

11,
1

10
,6

10
,8

11
,3

11,
6

11
,2

10,6

10,5

10
,1

3.Resurs to‘lovlari hamda mulk
solig‘i

3,4

3,
4



3,
4



3,
3



3,
0



2,
8



2,7

2,8

3,
1



4. Boshqa
daromadlar

1,8

2,
2

2,
2

2,
2

2,
2

2,
2

2,4

2,1

2,
4

Yagona soliq stavkasi 2007 yilda 13 % ga, 2012 yilda esa 5 % gacha pasaytirildi. Bu chora tadbirlar iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish imkonini berdi.
Agar davlat budjeti daromaadlarining YaIMdagi ulushi 2000 yilda 28,5 % bo‘lgan bo‘lsa 2005 yilda 22,5 % ni 2018 yilda 19,4 % ni tashkil etdi (10.4-jadval).
Bizga ma’lumki Yagona yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armas, Pensiya jamg‘armasi va Bandlilikka ko‘maklashish jamg‘armasini o‘z ichiga olgan davlat nobudjet fondlariga to‘lovlar ham soliq mazmuniga ega bo‘lib tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko‘tarilishiga, raqobatbardoshliligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobudjet davlat jamg‘armalarini ham qo‘shib hisoblanadigan jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi
ulushi sifatida aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001-2017 yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 foizgacha pasaytirildi.
Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishi korxonalarning moliyaviy resurslarining ko‘payishiga olib keldi. “ Bu o‘z navbatida investitsiyalarnig ko‘payishi, korxonalarning aylanma mablag‘larini to‘ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
2014 yilda yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkasi 8.5% dan 8%ga, kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona ijtimoiy to’lov 25% dan 15%ga pasaytirildi.
Natijada iqtisodiyotga davlat budjeti daromadlari bo‘yicha hisoblanadigan soliq yuki 20, 6 % gacha pasaydi.
Bu yillar davomida soliq yukining pasayishi soliq stavkalarining kamaytirilishi bilan birga investorlar va tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari ro‘yxatining kengaytirilishiorqali ro‘y berdi. Tahlil qilinayotgan davrda to‘g‘ri soliqlarning YaIMdagi ulushi 7,5 % (2000 y) dan 3,8 % (2018 y.) gacha pasaydi.
Mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlarining YaIMdagi va yalpi soliq tushumlaridagi ulushi kamayib borganligini ta’kidlash lozim. Bu soliqlarning YaIMdagi ulushi 2010 yilda 3,4 %ni, 2018 yilda 3,1 %ni tashkil etdi.
To‘g‘ri soliqlar tarkibida, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar ulushi muttasil o‘zgarib bormoqda (10.5-jadval). Agar bu ko‘rsatkich 2000 –yilda 44,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda
45.0 %ni, 2011 yilda 42,7 % ni, 2012 yilda 42,5 % ni, 2018 yilda esa 41,2 % ni tashkil etdi, ya’ni, to‘g‘ri soliqlar yalpi tushumida yuqori o‘rin tutadi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling