Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o‘sishini ko‘zda tutib) sotib olish foydali bo‘ladi.
Banklar, Ms> Md bo‘lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o‘z avtivlari tarkibini o‘zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o‘zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro‘y beradi.
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o‘zgarib turishi pul bozorining ekzogen o‘zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o‘zgarishi natijasida ham ro‘y beradi.
Grafik ko‘rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo‘ladi (9.3, 9.4-rasmlar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o‘sishi (9.3-rasm) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko‘tarilishiga olib keladi. Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko‘tarilishiga va muvozanat nuqtasining o‘zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o‘rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |