Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet69/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Qisqacha xulosalar


Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib pul taklifini ko‘paytirish qobiliyatiga ega.


Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zahira normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag‘lardan, balki aholi qo‘lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog‘liq.
Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.


Nazorat va muhokama uchun savollar





  1. Pul taklifi asosida nimalar yotadi? Bank multiplikatori qanday aniqlanadi?

  2. Pul bazasining mohiyatini tushuntirib bering.

  3. Pul taklifining umumiy modeli mohiyatini tushuntirib bering.

  4. Deponentlash koeffitsenting pasayishi pul multiplikatori va pul taklifiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  5. Pul bozoridagi muvozanat nuqtasi nimani bildiradi? Pul bozorida muvozanat qay yo‘sinda ta’minlanadi?
  1. BOB. DAVLAT BUDJETI. SOLIQLAR


Reja:

    1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari.

    2. Davlat budjeti xarajatlari.

    3. Soliqlarning turlari va funksiyalari.

    4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi. Soliq yuki.

    5. O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o‘ziga xos xususiyatlari.




    1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari.

Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi.
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‘rsatish, baholar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi bo‘lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i to‘laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‘laydilar. Shu kabi juda ko‘p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni o‘zgartirish orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi.
Davlat budjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.



    1. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling