Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet58/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

m-mb=1-bn+1 , m(1-b) =1-bn+1


Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz:


m = (n+1) / (1-b)


b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo‘lgani uchun
m = 1/ (1-b ) tenglik to‘g‘ri bo‘ladi.55

Avtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi budjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat o‘z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko‘rayotganda, bu xarajatlar yalpi talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.




    1. Retsession va inflatsion uzilish.


Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y0) potensial (Y*) hajmidan kam bo‘lsa, yalpi talab samarasiz hisoblanadi. Ya’ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo‘lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to‘liq bandligi darajasini ta’minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta’sir ko‘rsatadi.





55 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 310



7.3-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi retseession uzilish.
YaMM (YaIM)ni to‘liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o‘stirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) ko‘paytirilishi zarur bo‘lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (7.3-rasm).
Ishlab chiqarishda to‘liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo‘qotish uchun yalpi talabni rag‘batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o‘sishi ΔU quyidagiga teng bo‘ladi:
7.4-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi inflatsion uzilish.

ΔY=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori


YaIMni to‘liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo‘lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Yo) potensial (Y*) hajmidan ko‘p bo‘lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo‘lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o‘rtasida inflatsion uzilish ro‘y beradi (7.4-rasm). Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni cheklash zarur.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan B nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔY) qisqarish quyidagicha bo‘ladi:

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling