Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish uchun yalpi talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda yalpi talab nazariyasi deb yuritiladi. Yalpi talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
“Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‘arma va investitsiyalar miqdorining o‘zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi”51.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallagan xarajatlari
51 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-10-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “МФПУ Синергия”, 2013., 114-с
kiradi.52 Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o‘zgarishlar tovar moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi: E=C+ I +G+Xn ko‘rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste’mol funksiyasi (C=a+ b (Y-T)) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo‘ladi. Keltirilgan Xn - sof eksport bo‘lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko‘rinishga ega:
Xn = g - m’Y
Bu yerda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o‘zgarish miqdorini bunga sabab bo‘lgang‘ daromadlardagi o‘zgarish miqdoriga bo‘lib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |