Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- I = e - dR + γY
- O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:48 I = e - dR + γYYaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlariO‘zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi , investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o‘sishiga olib keldi. O‘zbekistonda investitsiya hajmining yildan yilga o‘sib borishida investitsiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya etish, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining eksportdagi hajmini kengaytirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq huquqiy-hujjat qabul qilindi, jumladan, “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, “Chet el 48 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 517 investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so‘nggi to‘qqiz yildagi o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o‘sish va pasayish tendensiyalari kuzatilmoqda (6.4-rasm). O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2017 yilda 68,4 trln. so`m (dollar ekvivalentida 13,4 mlrd. AQSh dollari) yoki 2016 yilga nisbatan 120,4 % asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991 yilga nisbatan 5,1 martta, 2000 yilga nisbatan 6,6 martta, 2005 yilga nisbatan 5,1 martta, 2010 yilga nisbatan 2,0 martta va 2015 yilga nisbatan 129,7 %ga ko`paydi. YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2017 yilda 26,9 %ni tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 2,8 % punktga ko`paydi (1991 yil 18,8 %, 2000 yilda 22,9 %, 2005 yilda 19,9 %, 2010 yilda 24,6 % va 2015 yilda 24,3 %ni tashkil etgan). 2017 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar bo`yicha tarkibini ko`radigan bo`lsak, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 60,5 %i Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida (mos ravishda jami investitsiyalarning 19,8 %i, 16,6 %i, 15,9 %i, va 8,2 %i ) o`zlashtirildi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling