Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Δ S MPS = 100
- Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
Δ CMPC = 100 Δ Yd Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik. Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko‘ra ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MPSni hisoblaymiz. Δ C =420 - 405 =15; Δ Yd =430 - 410 = 20; MPC = (15/20) 100=75%; Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o‘zgarganda iste’mol 75 % (yoki 0,75)ga o‘zgaradi. Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi daromad o‘zgarishdagi ulushi jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi. Δ S MPS = 100Δ Yd Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg‘arishga o‘rtacha moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda: Δ Yd = 430 - 410 = 20 Δ S = 10 - 5 = 5 MPS = (5/20) 100 = 25%; Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo‘lsa, jamg‘armaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o‘sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi. Shu sababga ko‘ra iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari yig‘indisi 100%ga yoki koeffitsient ko‘rinishida 1ga teng bo‘ladi. MPC + MPS =100% yoki 1. MPC va MPS ancha barqaror ko‘rsatkichlar bo‘lib, juda sekin o‘zgarishga uchraydilar. YaIMning ikkinchi komponenti bo‘lgan investitsiyalarga to‘xtalib o‘tamiz. Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko‘ra uch turga bo‘linadi. Ishlab chiqarish investitsiyalari; Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya; Uy-joy qurilishiga investitsiya. Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi.47 Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi. Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling