16.1-rasm. Jahon bozorida asosiy xom-ashyo tovarlari narxlarining o‘zgarishi (2016 yil dekabr holatiga nisbatan foizda)98
98 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari
Hamkor mamlakatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, eksport hajmining o‘sishiga ma’lum darajada salbiy ta’sir o‘tkazdi.
Shuningdek, 2018 yilda jahon bozorlarida O‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari qatoriga kiruvchi qimmatbaho va rangli metallar hamda xom-ashyo tovarlari bo‘yicha narxlar kon’yunkturasining noqulay shakllanganligi ham mamlakat eksport daromadlarini pasaytiruvchi omillardan biri bo‘ldi.
Bunda, 2018 yilning I choragi davomida jahon bozorlarida hom- ashyo mahsulotlari narxlarining oshishi kuzatilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda narxlar asosan pasayish tendensiyasiga ega bo‘ldi.
2018 yil mobaynida jahon bozorlarida oltin narxining 6 foizga arzonlashishi kuzatilgan bo‘lib, ushbu holat asosan AQSh Federal zaxiralar tizimi tomonidan foiz stavkasining 2018 yilning mart, iyul, sentabr va dekabr oylarida ketma-ket to‘rt marta oshirilishi, AQSh dollaridagi aktivlar jozibadorligining oshishi hamda oltinga investitsion aktiv sifatidagi talabning pasayishi bilan izohlanadi.
Rangli metallarning eng yirik importyori hisoblangan Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atining sekinlashishi jahon bozorida mis va ruhga bo‘lgan talabning kamayishiga va shu orqali mazkur metallar narxlarining, mos ravishda, 14 foizga va 24 foizga pasayishiga olib keldi.
Xalqaro savdo ikki muhim ob’ektiv sabab - tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o‘rtasida bir tekis taqsimlanmaganligi hamda mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarining bir xil rivojlanmaganligiga ko‘ra paydo bo‘lgan.
Xalqaro savdoga mahsulotlarni ayirboshlash, xizmatlarni ayirboshlash va yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash kiritiladi. Bu ayrboshlashlarning barcha ko‘rinishi tashqi savdo operatsiyalari - eksport va import operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Xalqaro savdo nazariyasining klassik ko‘rinishlari A. Smitning
«Mutloq ustunlik» va D. Rikardoning «Nisbiy ustunlik» nazariyalaridir.
D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi mutlaq ustunlikka ega bo‘lmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda ko‘rishi mumkinligini asoslab beradi.
Xeksher-Olinning neoklassik konsepsiyasi «Nisbiy ustunlik» nazariyasini omillar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan izohlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |