Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.17 Mb.
bet123/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. Xalqaro savdoni rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari nimalardan iborat?

  2. Xalqaro savdoning shakllari va ular hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib bering.

  1. A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimada ko‘rinadi?

  2. «Nisbiy ustunlik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.

  3. Savdo sharoitlari tushunchanchasini izohlab bering. Savdo sharoitining yaxshilanishi qanday oqibatlarga olib keladi?

  4. Xeksher-Olinning neoklassik konsepsiyasini izohlab bering.

  5. “Leontev taajubi” qaysi sababli yuzaga keldi va qanday yechim topti?
  1. BOB. TASHQI SAVDO SIYOSATI


Reja:

    1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.

    2. Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari.

    3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish.

    4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.

    5. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining xususiyatlari.




    1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.

Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatish orqali ichki bandlilikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, to‘lov balansini yaxshilash hamda valuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – budjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valuta nazorati va import yoki eksportni to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo‘nalishidir.


Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko‘pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‘proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo‘lishi mumkin bo‘lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti
manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo‘lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g‘aznasini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta’rif va nota’rif usullaridan foydalaniladi.
Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat budjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling