Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
17.1-jadval
Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo‘qotishlari ishlab chiqaruvchilar foydasining o‘sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq korxonalari aksiyadorlari bo‘lishsa, ular yo‘qotishlarining bir qismi o‘sgan dividentlar sifatida qaytadi. «c» sohada davlat olgan daromadini transfert to‘lovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish, budjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi ko‘rinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin. Ammo b va d sohalarda jamiyat sof yo‘qotishga duch keladi. Valuta kursi o‘zgarishi bu yo‘qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy valuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy valutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo‘qotish b va d sohalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 = 80) tashkil etishini anglatadi. Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud bo‘lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo‘yilgan maqsadlar bilan asoslanadi. Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko‘ra import tariflari: mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi; mamlakatda bandlilik darajasi o‘sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag‘batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o‘sadi va joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi xolati yaxshilanadi; milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur; davlat budjeti daromadlarini to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat qiladi; milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko‘rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi; iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‘or siljishlar rag‘batlantiriladi va h.k. Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko‘pgina davlatlar o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida proteksionizm siyosatini qo‘llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug‘diradi. Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O‘zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. Tarmoqni tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Masalan, O‘zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o‘rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo‘lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar, qo‘shilgan qiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin. Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 4000 dollarga o‘sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Qo‘shilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 = 2250) o‘sdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan so‘ng mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 + 2250 = 5250) tashkil etdi. Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling