Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet133/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

X – M = Xn = Y-(C+I+G); bu yerda: X - eksport; M - import; Xn
- sof eksport;
C + I + G -YaIMning bir qismi (absorbsiya)
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo‘lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo‘ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.102
Sof xorijiy aktivlar (NFA) – bu, milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o‘rtasidagi farqni bildiradi.
Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo‘lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valutalarni sarf qilishga nisbatan ko‘proq olib keladi.
Misolimizga aksincha mamlakat joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi. Bunda mamlakatda chet elda ko‘chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan ortiqcha xorijiy valuta yuzaga keladi.


    1. Kapital harakati hisobi balansi.





102 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 136
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog‘liq operatsiyalar to‘lov balansining keyingi bo‘limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog‘liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar, qimmatbaho qog‘ozlar, aksiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog‘liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valuta tushumi ko‘payadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog‘liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aksiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valuta zahiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko‘rinishida aks ettiriladi (- 87). Kapital harakati balansining qoldig‘i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o‘rtasidagi farqdir (+63).
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo‘yicha barcha xalqaro operatsiyalar ko‘rsatiladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling