Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet135/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.

Xn < 0  X-M < 0  X< M ;


I-S >0 I >S xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa (I > S),
ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko‘proq import qilinishini taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo‘ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo‘lib qatnashadi.
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo‘lganda, ortiqcha mablag‘lardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‘chmas mulk sotib olishda foydalaniladi.
Xn>0 X-M>0 X>M;

I-S<0  I
Davlatlar rasmiy zahiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga
ega bo‘lmagan to‘lov balansining katta davriy taqchilligi bo‘lgan hollarda o‘z valutalari devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik hajmi ko‘payishiga va oqibatda mamlakatda xorijiy valuta tushumining o‘sishi hamda to‘lov balansi kamomadi tugatiladi.
To‘lov balansini tuzish tamoyillariga ko‘ra u doismo baoanslashgan bo‘ladi. Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to‘lov balansining alohida qismlariga ta’luqli. Shu bilan birga to‘lov balansi qoldig‘ining milliy iqtisodiyotga ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridant kelib chiqib to‘lov balansining musbat qoldig‘i ham, manfiy qoldig‘i ham ijobiy yoki salbiy deb baholanishi mumkin.
To‘lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig‘i, joriy operatsiyalar balansi qoldig‘i, kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i hamda rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i alohida tahlil etiladi.
Savdo balansi qoldig‘i o‘zgarishiga baho berishda bu o‘zgarishlar qaysi omillar ta’sirida ro‘y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq eksportning qisqarishi hisobiga ro‘y bergan bo‘lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va
negativ hodisa deb qaralishi mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi ko‘payishi hisobiga importning o‘sishi natijasida ro‘y bergan bo‘lsa miliy iqtisodiyotning zaiflashidan dalolat deb qaralmaydi.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, to‘lov balansining ma’lumot beruvchi qoldig‘i deb qaraladi. Chunki bu qoldi bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldig‘i mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha manfiy qoldig‘i (ya’ni joriy operatsiyalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishga va transfert to‘lovlarini moliyalashtirishga majbur bo‘lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to‘lov balansining musbat qoldig‘iga ega mamlakat milliy jamg‘armalarning bir qismini kapitalni ichki jamg‘arishga yo‘naltirish o‘rniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i joriy operatsiyalar balansi holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko‘rsatadi. Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda qoldirishlar» moddasiga to‘g‘ri keladi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i to‘lov balansi umumiy (yakuniy) qoldig‘ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo‘lib norezidentlarning mamlakatga nisbatan likvidli talablarning ko‘payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi mamlakat rasmiy zahiralarning ko‘payishidan (kamayishidan) dalolat beradi. Bu qoldiq
«Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha moddalarni qamrab oladi.
Qayd qiligngan valuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining kamayganligini) anglatgani holda valuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi. Suzib yuruvchi valuta kursining kiritilishi bilan umumiy to‘lov balansi tushunchasini yo‘qqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy hisob kitoblar qoldig‘ining
oqibati, balki to‘lov balansining boshqa bo‘limlarida hisobga olingan oqimlaridagi o‘zgarishlarning sababchisi ham bo‘lib qoldi.



    1. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:

1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling