Savdo siyosatining mohiyati va maqsadlarini tushuntirib bering.
Importga tariflarning kiritilishidan iqtisodiy natijalariga izoh bering.
Importni yoqlovchi va unga qarshi bo‘lgan fikrlarni taqqoslab bering. fikrlarga izoh bering.
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalarning importga tariflardan afzalligi va kamchiliklari nimada ?
Import kvotalarini kiritilishining iqtisodiy oqibatlari nimalarda ko‘rinadi?
Litsenziyalarni taqsimllash usullariga qiyosiy tavsif bering.
Eksportni subsidiyalash usullari mohiyatini tushuntirib bering. tushuntirib bering.
Eksportni ixtiyoriy cheklash qachon qo‘llaniladi, va uning oqibatlari qanday?
Savdoni cheklash tadbirlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siriga izoh bering.
BOB. TO‘LOV BALANSI
Reja:
To‘lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi.
Kapital harakati hisobi balansi.
To‘lov balansining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar.
To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
To‘lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul- kredit, valuta, budjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valuta ayirboshlash va valuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to‘lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to‘lovlar va xorijiy valuta xarajatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valuta bo‘lishi mumkin.
To‘lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo‘linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalar (18.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |