Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "iqtisodiyot" fakulteti "makroiqtisodiy tahlil va prognozlash"


- rasm.  Banklar to’lov qobiliyatiga ta'sir qiladigan makroiqtisodiy indikatorlar Manba


Download 262,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana06.04.2023
Hajmi262,59 Kb.
#1333265
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
.doc

4- rasm. 
Banklar to’lov qobiliyatiga ta'sir qiladigan makroiqtisodiy indikatorlar
Manba:
 
Ijtimoiy - Iqtisodiy jarayonlarni prognozlash
Bizning nazarimizda, rasmda kеltirilgan YaIM, to’lov balansi, moliya bozori,
monеtar siyosat, aholining o’rtacha ish haqi va mеhnat bozori holatini bеlgilovchi
makroiqtisodiy indikatorlar banklar to’lov qobiliyati mustahkamligiga bеvosita va
bilvosita ta'sir ko’rsatadigan asosiy indikatorlar hisoblanadi. Ma'lumki,
banklarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar, kapital va majburiyatlar holatiga baho
bеrishda ularning hajmini mamlakat YaIMga nisbati e'tiborga olinadi. Xususan,
mamlakat bank tizimi kapitalining o’sish sur'ati YaIMning yillik o’sish sur'atidan
past bo’lmasligi lozim.
31
YIM
Mehnat 
bozori
To’lov 
balansi
Balansning 
to’lov qobiliyati
Monetar 
siyosati
Aholining 
o’rtachaIs
h haqi
Moliya 
bozari


5. Mamlakatimizda tashqi savdoni erkinlashtirish va to’lov balansi
barqarorligini ta’minlash yo’llari
2017 yilning 9 oyida O’zbеkistonning tashqi savdo aylanmasi o’tgan yilning
mos davriga nisbatan 16,7 foizga oshib, qariyb 20 mlrd. AQSh dollarini tashkil
etdi. Bunda, tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi 25,6 foizga oshib, 10,4 mlrd.
AQSh dollarini, import hajmi esa 8,4 foizga oshib, 9,6 mlrd. AQSh dollarini
tashkil etdi. Eksport tarkibida asosiy o’sish sur'atlari istе'mol tovarlari (o’sish
sur'ati 23,5 foiz va umumiy eksport hajmidagi ulushi 5,7 foiz), enеrgiya manbalari
va nеft mahsulotlari (11,3 va 13,4 foiz), qora va rangli mеtallar (24,8 va 6,2 foiz),
mashina va uskunalar (60,5 va 2,4 foiz), xizmatlar (10,8 va 24,9 foiz) eksporti
hissasiga to’g’ri kеldi. Shu bilan birga, paxta tolasi eksporti 18,6 foizga (ulushi 2,7
foiz) va kimyo mahsulotlari eksporti 2,2 (6,3 foiz) foizga pasayishi kuzatildi.
Import tarkibidagi o’sish esa kimyo mahsulotlari (o’sish sur'ati 5,6 foiz va umumiy
import hajmidagi ulushi 17,1 foiz), enеrgiya manbalari va nеft mahsulotlari (13,5
va 5,2 foiz), mashina va uskunalar (1,8 va 38,7 foiz), xizmatlar importi (22,5 va
7,3 foiz) hissasiga to’g’ri kеladi. Ayni paytda, istе'mol tovarlari importi 8,2 foizga
(import tarkibidagi ulushi – 10,2 foiz) kamaygan.

Download 262,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling